Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“Sharq adabiyotida ayol timsoli” adabiy-badiiy kecha tashkil qilindi - Bo`limga qaytish


05.03.2014
 
5 mart kuni soat 16:00da O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Ko‘rgazmalar zalida  “Danko” adabiy ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda 8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami  munosabati bilan  “Sharq adabiyotida ayol timsoli” mavzusida adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Ijodiy kechada Umar Hayyom, Abdurahmon Jomiy, Mashrab va boshqa shoirlarning to‘rtliklaridan namunalar  o‘qildi. 
 

Falsafa fanlari doktori, professor M.A.Qodirova “Ayollarning jamiyatda tutgan o‘rni” mavzuida ma'ruza qildi. Shuningdek, shoira A. Axmatova ijodidan munis onalar va lobar qizlarga atalgan, sevgi-muhabbatni tarannum etuvchi she'rlaridan namunalar o‘qib eshittirildi. Tadbir yakunida havaskor musiqachilarning rubob va gitara ijrosidagi  navolari ishtirokchilar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi. 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar