Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
28.10.2014 “INFOLIB-2014” III Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Adolat» “Arxeologiya bugun: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2014 yil 28 oktyabr kuni INFOLIB-2014 III Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Adolat» o‘quv zalida  “Arxeologiya bugun: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston FA Arxeologiya ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent bo‘limi rahbari Sh.Odilov va shu institut katta ilmiy xodimi Ilyasova Saida Ravelyevna, M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent Davlat Pedagogika universiteti tarix fakultetlari professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Olimlar talabalarga jahon, shu jumladan, O‘zbekiston arxeologiyasi va uning yutuqlari va zamonaviy arxeologiya sohasi va arxeolog kasbi muammolari haqida gapiririb berdilar.

28.10.2014 2014 yil 28-30 oktyabr kunlari INFOLIB-2014 III Axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Zamonaviy kutubxona menejmenti va marketingi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda

2014 yil 28-30 oktyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining O‘quv markazida INFOLIB-2014 III Axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Zamonaviy kutubxona menejmenti va marketingi” mavzusida seminar-trening  bo‘lib o‘tmoqda.
Kyoln Amaliy fanlar universiteti professori doktor Ursula Georgi, zamonaviy kutubxona boshqaruvi texnologiyasi bo‘yicha seminar o‘tkazadi. Seminar dasturida kutubxona va axborot marketingi, strategik marketing,  loyiha-menejment, innovatsion menedjment kabi mavzularga to‘xtaladi va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda muhim zamonaviy takliflarni ishlab chiqish, kutubxona xizmatlarini ko‘rsatishda kutubxona va foydalanuvchilar o‘rtasida optimal munosabatlarni o‘rnatishda konseptual uslubiy qoidalar va bosqichma-bosqich jarayon kabi vazifalar ko‘rib chiqiladi.

28.10.2014 Hurmatli kitobxon!

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilgan  Milliy  axborot kutubxona haftaligi “INFOLIB-2014” tadbiri doirasida “Buyurtma - 2015”  aksiyasi onlayn tarzda veb-saytga joylashtirilib o‘tkazildi va hozirda davom etmoqda.  Ushbu aksiyani o‘tkazishdan  asosiy maqsad, Milliy kutubxona fondini foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan, ularning qiziqishlari va talablari asosida ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop, ilmiy-texnik va badiiy adabiyotlar, davriy nashrlar hamda elektron resurslar bilan to‘ldirib borish. Siz tomondan tanlangan va  buyurtma berilgan resurslar 2015 yilda Milliy kutubxona fondidan joy oladi. 

 

27.10.2014 “INFOLIB – 2014”III Milliy axborot-kutubxona haftaligining birinchi kuni yakunlari

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB– 2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini boshladi. Haftalikning birinchi kuni ya’ni 28-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik Katta teatri orkestrining chiqishidan so‘ng tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi yozuvchi Muhammad Ali, O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov, , O‘zbekistondagi BMTTD koordinatori Krista Pikatt va Toshkentdagi Gyote instituti direktori Yuliya Xanskelar so‘zga chiqib o‘zbek kitobxonlarini navbatdagi haftalik bilan tabrikladilar va Milliy kutubxona rahbariyati va xodimlariga ilm,ziyo tarqatishda barkamollik tiladilar. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjayev so‘zga chiqib, milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazishdan asosiy maqsad – mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish va uni targ‘ib qilish, aholiga, ayniqsa yoshlarga kerakli bo‘lgan axborotni mustaqil ravishda izlash va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga internet orqali xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirish ekanligini ta’kidladi.

27.10.2014 27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Haftalik mehmonlari, Toshkent OTM professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik kitobxonlarga ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega asarlari orqali tanish. Tohir Malik nomi barchaga tanish. Uning kitoblari sevib o‘qiladi, qo‘lma-qo‘l bo‘ladi. Kitobxonlar esa yangi kitoblarni chiqishini sabrsizlik bilan kutadilar.

27.10.2014 27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Nodir nashrlarni konservatsiya va restavratsiya qilish” bo‘ycha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi

2014 yil 27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Qo‘lyozmalar, nodir va aloxida qimmatga ega nashrlar xizmati tomonidan mutaxassislar uchun hujjatli merosnini saqlash bo‘yicha “Nodir nashrlarni konservatsiya va restavratsiya qilish” bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
Abu Rayxon Beruni nomidagi Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida va YuNESKO ko‘magida o‘tkazilgan mutaxassislar uchun hujjatli merosnini saqlash bo‘yicha mahorat darslarining maqsadi – mutaxassislarga kitoblarni ta’mirlash va saqlashning zamonaviy innovatsion metodlarini amalda ko‘rsatib berishdan iborat. Mahorat darsini O‘zR FA Sharqshunoslik instituti laboratoriyasida tashkil etilgan va kitob ta’miri, islomiy muqovalashtirish, konservatsiya qilish va qo‘lyozmalardan foydalanish loyihasi asosida mazkur institut qo‘lyozmalar markazi bosh mutaxassisi, restavrator Shuhrat Pulatov olib bordi.


Oldin   74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar