Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada “Iqtidorli yoshlar klubi” ning dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


17.02.2014

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kelajak avlodni ma'naviy jihatdan kamol topishi, o‘zlikni anglashi, qalbi va ongini asrash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash yo‘lida yana bir ishga qo‘l urdi, ya'ni “Iqtidorli yoshlar klubi”ni tashkil etdi. Yig‘ilish Milliy kutubxonaning kinomarkazida 15 fevral kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tdi. Unda yosh yozuvchilar, jurnalistlar, san'atkorlar, hunarmandlar, sportchi yoshlar, maktab, litsey, kollej o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalari jam bo‘lishdi. Tadbirni O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Shukur Qurbon ochib berdi va o‘z kirish so‘zida yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan yoshlarga berayotgan e'tiborlarini va bu boradagi fikrlarini keltirib, yoshlarning ongiga mos, ularning qiziqish va intilishlariga xamohang bo‘lgan, ularning o‘ziga tortadigan jihatlarga alohida e'tibor qaratish kerakligini, bu yo‘nalishdagi yangi loyihalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizdagi eng salohiyatli olimlar, tarixchi va adiblar, bilimdon mutaxassislar ishtirokida ilmiy-ijodiy guruhlar tuzish ularga tegishli sharoit yaratib berish kerakligini aytib o‘tdi. 

Tadbirda talabalar Dilshod Shukurov, Bunyodbek Akbaraliyev, Javlon, Farangiz Ne'matovalar qatnashib kutubxonada yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini va kutubxona ma'muriyatiga o‘z tashakkurlarini bildirib, klub ochilganligi bilan tengqurlarini muborakbod etdilar. Klub a'zolari Sarvinoz Turg‘unova, Iroda Muhitdinova, Farangiz Ne'matovalar o‘z qalamlariga mansub she'rlardan o‘qib berdilar, Adisjon Lutfullayev esa o‘z xonandalik iqtidorini namoyish etib, qo‘shiq xirgoya qilib berdi, 59-o‘rta maktab o‘quvchisi, halqaro tanlov g‘olibi, yosh jurnalist va san'atkor Barno Matchonova “Tanovar” musiqasiga raqsga tushdi, onaga bag‘ishlab she'r o‘qib yig‘ilganlar e'tiborini qozondi. Shuningdek iqtidorli yoshlardan Yulduz Rustamova, Jahongir Norbo‘tayevlarning chiqishlari ham o‘ziga xos bo‘ldi.






Anjumanda yoshlarning ota-onalari ham ishtirok etib bu kabi klublarning ochilganligi va yosh, barkamol avlodning o‘z iqtidorlarini ko‘rsata olishlarini ko‘rib, o‘z munosabatlarini, fikrlarini bildirdilar.







 
“Iqtidorli yoshlar klubi”ning navbatdagi yig‘ilishi 1 mart kuni soat 15:00 da Milliy kutubxonaning kinomarkazida bo‘lib o‘tishi kelishib olindi va barcha xoxlovchilar ushbu klubda ishtirok etib o‘z ijodlari bilan o‘rtoqlashishlari mumkinligi ta'kidlab o‘tildi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar