Foydali resurslar
«INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Milliy kutubxonaning 2-qavati foyesida xizmati tomonidan tashkil etilgan amaliy san’at namunalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazmadan o‘rin elgan eksponatlar Toshkent shahar “Kamolot” YoIHning Yunusobod bo‘limi qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan “Yoshlar ijtimoiy xizmatlar” markazi 3 oylik bepul o‘quv kurslari tomonidan taqdim etilgan.
2014 yil 27 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinomarkazida «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Elektron hukumat markazining aholiga interfaol xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yagona portalning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda soha mutaxassislari va mutasaddi tashkilotlar vakillari qatnashdi. Taqdimotni Davlat interaktiv xizmatlar ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i G‘oipov Qobiljon Hakimovich olib bordi.
Bilamizki, mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilanib, bu borada bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayapti. Jumladan, AKTni rivojlantirishga qaratilgan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi, tashkiliy sharoitlar mustahkamlandi. Pirovardida sohada izchil o‘zgarishlar kuzatildi, interaktivlik kuchaytirildi, elektron hujjat aylanishi, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi bir qancha yangi xizmat turlari yuzaga keldi.
2014 yil 28 oktyabr kuni anjumanlar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Jahon» o‘quv zalida O‘zbekistondagi xalqaro universitetlar professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati O‘zbekistondagi xalqaro universitetlar vakillari bilan hamkorlikda tashkil etildi. Qiziquvchat yoshlar ta'lim maskanlari vakillariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar va batafsil javoblar oldilar.
Tadbirda ishtirok etgan ta'lim muassasalari vakillari o‘z dargohlarining imkoniyatlari va shart-sharoitlari bilan tanishtiruvchi taqdimot slaydlarini namoyish etdilar.
Mazkur davra suhbati O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ilmiy-ma'rifiy va tadqiqot resurslaridan foydalanishga ko‘proq foydalanuvchilarni jalb etish va O‘zbekistondagi xalqaro universitetlar faoliyatini targ‘ib etishga o‘z hissasini qo‘shishiga umid qilamiz.
2014 yil 28 oktyabr kuni “Ijod” o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Sharq yulduzi” tahririyati jamoasi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni K.I.Panchenko va R. Xaydarovalar olib bordi.
Markaziy Osiyodagi bu «Otaxon-jurnal» 1932 yilning sentyabr oyida tashkil topgan. 1937 yilning oxiridan Ulug‘ Vatan urushining boshlanishiga qadar «O‘zbekiston adabiyoti va san'ati» deb nomlangan. 1946 yil maydan boshlab «Zvezda Vostoka» deb nomlandi. Keyichalik jurnal ikki tilda: rus va o‘zbek tillarida chiqa boshladi. Uchrashuv davomida «Zvezda Vostoka» va «Sharq yulduzi» jurnallarining 1946 yilda chop etilgan sonlari namoish etiladi. Tadbirda shoirlar, adabiyotshunoslar va jurnal ijodkorlari ishtirok etdilar.
2014 yil 28 oktyabr kuni anjumanlar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida kinorejisser Xilol Nasimovning «Gumrohlar» badiiy filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekkino» Agentligi buyurtmasi bilan «Vatan» kinostudiyasida suratga olingan «Gumroxlar» filmi Vatan mavzusi bilan bog‘liq ko‘pgina hayotiy mavzularni ko‘taradi. Rejissyor Hilol Nasimov senariysi asosida suratga olingan filmdagi voqyealar nafaqat Toshkent va Andijonda, balki Turkiya va AQSHda sodir bo‘ladi. Uning qahramonlari O‘zbekistonda mustaqillik davrida bo‘lgan katta o‘zgarishlarga ishonmaydilar. Ulardan ayrimlari dushmanlar aldoviga uchib, Vatanni sotishga, undagi bo‘layotgan bunyodkorlik jarayoniga to‘sqinlik qilishga urinadilar, ayrimlari esa, o‘z qilmishlaridan afsus chekib, Vatanga qaytishga harakat qiladilar.
28 oktyabr kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida “INFOLIB-2014” III Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida yosh dizaynerlarning xonatlas, adras va ipak matolaridan ko‘ylaklar kolleksiyasi namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning maqsadi - yosh avlodni o‘zbek xalqining urf-odatlari, an'analari, milliy qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, shu bilan birga milliy liboslar tarixini, bayoz, adras, xonatlas, beqasam, ipak kabi butun dunyoga tanilgan milliy matolarni tayorlash usullarini o‘rganishni keng targ‘ib qilishdir.
Bizning diyorimizda mato tayorlash hunarmandchiligi uch ming yillik tarixga ega. Tayyorlanayotgan matolar yuqori sifati, iqlim sharoitimizga mosligi va ekologik tozaligi bilan alohida ajralib turadi.