Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


17.02.2014

3-14 fevralgacha   Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 405 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shulardan 165 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 47 nusxa; tibbiyot - 7 nusxa; ta'lim va madaniyat - 34 nusxa, badiiy adabiyotlar -33 nusxa; san'at - 4 nusxa; texnika - 19 ta; dinshunoslik - 10 nusxa; tabiiy fanlar - 7 nusxa; adabiyotshunoslik - 2 nusxa; tilshunoslik - 2 nusxa)  240 ta avtoreferatlar (siyosat - 64 nusxa; tibbiyot - 34 nusxa;  texnika - 48 nusxa; tabiiy fanlar - 31 nusxa; ta'lim va madaniyat - 25 nusxa; sport - 3 nusxa; ijtimoiy fanlar - 6 nusxa; tilshunoslik - 18 nusxa ; san'at - 5 nusxa ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

Kelib tushgan bosma nashrlarning  191 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi. 

2568 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi. 

Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 317  tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va  bibliografik tavsifi berildi.     

Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni  501000 taga yetdi.
 
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 10 - 14 fevral holatiga ko‘ra 78 nusxa gazeta; 17 nusxa jurnal; jami 639 bibliografik yozuv kiritildi  257 bibliografik yozuv tahrir qilindi.

O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 106 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 92 ta va bolalar adabiyoti uchun 14 ta) berildi. 81 ta kattalar adabiyoti  va 14 ta bolalar adabiyoti uchun 21 ta  hisob-kitob shartnomasi tuzildi.  
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar