Foydali resurslar
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida karving bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Karving bo‘yicha mahorat darsi Toshkent turizm kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi Shoakbarov Shoyusuf tomonidan olib borildi. Shoakbarov Shoyusuf o‘zining va o‘z shogirdlarining karving bo‘yicha namunalarini namoyish etdi. Ba’zan karving san’atini mevalar bezagi (skulpturasi) deb nomlashadi. Karving mevalar va sabzavotlar kompozitsiyasini tashkil etadi.Mevalar va sabzavotlardan foydalanilgan karving mahorat darslari bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan.
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinomarkazida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlarda inklyuziv muhitda so‘zlashuv (kommunikativ) ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Mahorat darsi 66-ixtisoslashtirilgan maktabning «Badiiy tukish» to‘garagi qatnashuvchilari ishtirokida, o‘qituvchi M.Qosimova rahbarligida o‘tkazildi.
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “O‘zbekiston” o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “O‘zaro aloqa almashinuvini rivojlantirish” treningi bo‘lib o‘tdi.
Milliy kutubxonaning “Ijod” o‘quv zalida “O‘zaro aloqa almashinuvini rivojlantirish” mavzusida Toshkent shahridagi M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining psixologiya fakulteti talabalari va o‘qituvchilari bilan hamkorlikda psixologik trening o‘tkazildi. Trening doirasida quyidagi mavzularga to‘xtalib o‘tildi: suhbatdosh bilan muloqot o‘rnatish texnikasi, savol berish san’ati, suhbatdoshning imo-ishorasi, hatti-harakat, mimika va ohangi kabi mavzularda suhbat bo‘lib o‘tdi.
2014 yil 29 oktyabr kuni “Jahon” o‘quv zalida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida E-LINE kompaniyasi bilan hamkorlikda “Jahon axborot resurslari bazalarisidan foydalanish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan asosiy maqsad – foydalanuvchilar bilimlarini oshirish, ta’lim olish va ilmiy izlanishlar olib borishda jahon axborot resurslaridan foydalanish malakalarini shaklllantirishdan iborat. Zero, bugungi kunda axborotlar bilimlar manbai sifatida jamiyat uchun strategik resursga aylandi. Bu resurslardan samarali foydalanish esa jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bilan bog‘liqdir.
29 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB -2014” Milliy axborot-kutubxona Haftaligi doirasida “Adabiyot bilimdoni” deb nomlangan umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida viktorina o‘tkazildi. Unda toshkent shag‘rining 5, 160 va 249-maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Tanlovning o‘tkazilishidan asosiy maqsad kutubxona foydalanuvchilari, o‘quvchilari va Haftalik mehmonlari orasidan mumtoz va hozirgi o‘zbek adabiyoti hamda jahon adabiyotining eng yaxshi bilimdonini aniqlashdir. Viktorina o‘yin shaklida tashkil etilib jonli va qiziqarli, guruhlarga bo‘lingan tarzda o‘tkazildi. Badiy asarlar bo‘yicha eng yaxshi bilimdonlar bellashuvida o‘zbek va jahon adabiyoti bilimdonlari anqlandi.
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2-qavati foyesida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Ixtisoslashtirilgan fondlar va majburiy nusxani saqlash xizmati va Kitob fondi va vaqtli matbuot nashrlari xizmati tomonidan tashkil etilgan “Dunyo shaxarlari” va “Muzeylar dunyoning milliy xazinasi” mavzusida otkritkalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar shaxarlarning tarixi, madaniyati, amaliy va tasviriy san’ati namunalari, arxitekturasi va haykaltaroshlik san’ati shoxasarlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin.