Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada “Shoh va shoir” mavzuida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kuniga bag‘ishlangan davra-suhbati bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


14.02.2014
Bobur biz uchun tom ma'nodagi buyuk madaniyat
oliy darajadagi sharqona odob va axloq timsolidir
                                                     
 Islom Karimov
Har bir inson o‘zligini anglashga, ajdodlari haqida ko‘proq bilishga, ular hayotini o‘rganishga intiladi. Bu borada esa tarixiy asarlar beqiyos ahamiyatga ega. Xususan, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridagi o‘tmishimizdan hikoya qiluvchi voqyea va  hodisalar biz uchun hamisha qimmatlidir.
Istiqlol tufayli tariximizni haqqoniy o‘rganish imkoniga ega bo‘ldik. Ko‘plab buyuk bobokalonlarimiz asarlari singari Bobur ijodida ham yoshlarimiz uchun iboratomuz jihatlar ko‘p. Uning Vatanni sevish, ota-onaga hurmat, do‘stga sadoqat ko‘rsatish xususidagi fikrlari kishiga yuksak ma'naviy saboq beradi.
O‘zbek klassik adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri, o‘zbek adabiy tili va adabiyotining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan iste'dodli olim va o‘ta ziyoli inson, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur murakkab ijtimoiy-tarixiy davrda yashab ijod qilgan. Hindistonda temuriy shahzoda Zahiriddin Muxammad Bobur asos solgan Boburiylar sulolasi 1526-1858 yillarda hukmronlik qilgan. Chet ellarda Bobur va uning avlodini “Buyuk mo‘g‘ullar” deb atash odat bo‘lib kelgan. Ular tarixiy hujjatlarda o‘zlarini Boburiy mirzolar deb yuritishgan.
O‘zbekiston mustaqilligi sharofati bilan, o‘zbek halqining buyuk allomalari qatorida Zahiriddin Muhammad Bobur munosib mumtoz faoliyati hamda, buyuk iste'dod  sohibi sifatida qilgan samarali ishlari xalqimiz tomonidan zo‘r hurmat va ehtirom bilan esga olinmoqda va o‘rganilmoqda. 

Jumladan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasining anjumanlar zalida ham 14 fevral kuni soat 15:00 da “Shox va shoir” mavzuida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kuniga bag‘ishlangan davra-suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Xalq hofizi Xasan Rajabiy, Filologiya fanlari nomzodi Zuhriddin Isomiddinov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, tarjimon, shoir Mirpo‘lat Mirzayev, shoir Shukur Qurbonlar so‘zga chiqdilar. Ular o‘zbek klassik adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri, o‘zbek adabiy tili va adabiyotining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan iste'dodli olim va o‘ta ziyoli inson, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur murakkab ijtimoiy-tarixiy davrda yashab ijod qilganligi, Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida buyuk ajdodlarimizning hayoti va bebaho ma'naviy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etishga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladilar.
Shuningdek Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbirda adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi. Ushbu  kitob ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, Zahiriddin Muhammad Bobur haqida yozilgan adabiyotlar, ro‘znoma va oynomalarda chop etilgan maqolalar taqdim etildi. 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar