Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
29.10.2014 “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida akademik Ashraf Axmedovning“Mavorounnahr madaniyati rivojlanishida olimlar hissasi” mavzusida ma’ruzasi


2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida akademik Ashraf Axmedovning “Mavorounnahr madaniyati rivojlanishida olimlar hissasi” mavzusida ma’ruzasibo‘lib o‘tdi.
A.Axmedov o‘z ma’ruzasida Mavorounnahr tarixi, uning madaniyati va madaniyati rivojida olimlar o‘rni haqida gapirar ekanlar buyuk ma’rifatparvar, mutafakkir, nafaqat Sharq dunyosi taraqqiyoti, balki jahon taraqqiyotiga o‘z xissasini qo‘shgan Abu Rayhon Beruni, Abu Ali Ibn Sino, al Xorazmiy, Al Farobiylarning mehnatlariga alohida urg‘u berib o‘tdilar.

29.10.2014 “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “BMTning Bolalar huquqi Konvensiyasi” mavzusida interfaol trening bo‘lib o‘tdi

2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinomarkazida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “BMTning Bolalar huquqi Konvensiyasi” mavzusida interfaol trening bo‘lib o‘tdi.
Interfaol treningda barkamol avlod tarbiyasi va himoyasida milliy an’analar va madaniy qadriyatlarning ahamiyati, tinchlik, ozodlik, tenglik va hamjixatlik tushunchalarinig BMT Nizomida qabul qilingan ideal jihatlari bolajonlarga sodda va tushunarli tilda aytib berildi.
29.10.2014 “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Koreyada ta’lim + Almashinuv dasturlari” taqdimoti bo‘lib o‘tdi


2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Jahon» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Koreyada ta’lim + Almashinuv dasturlari” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot chog‘ida kutubxona foydalanuvchilariga Janubiy Koreya o‘quv yurtlarida o‘qishning o‘ziga xosliklari, chet ellik talabalarga qo‘yiladigan talablar, koreys bilim dargohlari va almashinuv Dasturlari haqida keng tushuncha berildi.

29.10.2014 “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida bolalar uchun komikslar yaratish bo‘yicha mahorat darslari


2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida bolalar uchun komikslar yaratish bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
Bolalar uchun komikslar chizish bo‘yicha mahorat darsini xalqaro komikslar festivallari sovrindori, 50ta kitob muallifi, betartib, ammo oq ko‘ngil Gal ismli bola bosh qahramoni bo‘lgan "Zbeng" nomli mashhur komiks ijodkori Uri Fink (Isroil) olib boradi.

29.10.2014 “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Shaxmat va shashka bo‘yicha bolalar o‘rtasida turnir


2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi  “Adolat” o‘quv zalida “INFOLIB-2014”  III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida  shaxmat va shashka bo‘yicha bolalar o‘rtasida turnir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Erkin Umarov olib bordi. Unda shahar 102-zaif eshituvchilar maktab-internati, ko‘zi ojizlar jamiyati qoshidagi maktab-internat va 15-sport maktabi yosh sportchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni tashkil etishdan maqsad yoshlarni shaxmat dunyosiga olib kirish va uning sir-sinoatlaridan habardor qilish, bolalarda sportga, hususan, shaxmat-shashka turiga qiziqish uyg‘otish. Tadbir doirasida ishtirokchilar shaxmat sportidagi yangiliklar, O‘zbekistonda shaxmat sport turining tarixi va hozirgi kundagi ahvoli bilan tanishdilar. 

29.10.2014 “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Keling bolalar haqida gaplashaylik” mavzusida ota-onalar bilan suhbat va bolalar uchun origami san'ati bo‘yicha mahorat darsi


2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Bunyodkor» o‘quv zalida “INFOLIB-2014”  III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida   “Keling bolalar haqida gaplashaylik” mavzusida ota-onalar bilan suhbat va bolalar uchun origami san'ati bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
“Keling bolalar haqida gaplashaylik” mavzusida ota-onalar bilan suhbatda  O‘zbek-yapon inson imkoniyatlarini rivojlantirish markazi xodimlari ota-onalarga o‘z markazlari imkoniyatlari va bolalarini qiziqishini uyg‘otishi mumkin bo‘lgan to‘garaklar haqida gapirib berdilar. Shundan so‘ng barcha xohlovchilar uchun origami bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. 


Oldin   71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar