Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada “Dil izhorlari” tanlovining yakunlari, g`oliblarni taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. - Bo`limga qaytish


12.02.2014
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 6 fevraldan 12 fevralgacha “Dil  izhorlari” tanlovini e'lon qilgan edi.  Tanlov uch yo‘nalishda “Ona Vatanga”, “Volidai muhtaramaga”,  “Suyukli yorga” atalgan Dil izhorlari ko‘rinishida namoyon etilishi kerak edi. 12 fevral kuni soat 15:00 da ushbu tanlovning yakunlari yani eng chiroyli va mazmunli dil izhori g‘oliblari aniqlandi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ikkinchi qavati foyesidan joy olgan stendlarda kutubxona foydalanuvchilari o‘z izhorlarini qoldirdilar. “Dil izhorlari” tanlovida eng yaxshi va mazmunli izhorlar egalari quyidagilar deb topildi: ID-55199-6F Ulug`ova Adolat, ID-30768-YUK Akbaraliyev Bunyodbek, ID-19795-81F Zohidova Namuna. O‘ylaymizki tanlovda ishtirok etgan ushbu kitobxonlarimiz yaqin kelajakda O‘zbekistonimizning yosh ijodkor qalamkashlari qatoridan o‘rin oladilar.
 
Quyida ularning she'riy izhorlari bilan tanishishingiz mumkin.

55199-6F Ulug’ova Adolat



ONA

Ona! Uch o’g’ilga non yopib tishlatgan Oftob.
Marhamatning bahorlarin qishlatgan oftob.
Yo’liga zor ko’zlaring, diydorin ko'rolmading 
Uchta kelin tushirib qaddingni urolmading.
Motamsaro onajon, buncha g’amgin ko’zlaring Yaxshi zamonlar keldi qara, boq tevarakka!
Shahid ketgan o’g’lonlaring, sening-yorug’yuzlaring,
Hozir onalar uyi to’lgan, nevara. Chevaraga.
Sen quyoshsan qalbimdagi eng mehrli ummonim,
Sabrlaring tog’lami ham xijolatga qo’yadi.
“Foziljonning onasi”san,-Ayrildim xonumonim,
Qaytib keldi laylaklar, “Nega bolam kelmaydi”.
Yig’lamagin Foziling shoirlar bo’lib keldi,
Faqat Vatanim deydi, Vatan madhin yozadi.
Rustam Qosimjonoving butun dunyoni yengdi,
O’zbekiston bayrogi endi olam kezadi!

 
ONAJON

O’zingni o’ylamaysan, bolam deysana,
Qanchalar go’zalligin bilmagan onam.
“Gilam paypoq”lami ko’ziga surib,
“Toshkentdan naryog’in ko’rmagan onam”
Sening yoshliging Xonzodabegim,
Boburlar uchun qurbonim o’zing.
Kumushsan lablari pichirlab:-Begim...
Yashab qololmagan durdonim o’zing.
Onajon men uchun nelar qilmading,
Ayt, allalaring qarzini qanday uzayin?
To’marisim bolam o’ldi demagin,
Dilingda yashab mehr-ummoningda suzayin.
Onajon, Onajon, Onajon, Onam,
Bu so’zni aytib charchamas lablar.
Xursand bo’larmisan, oyim yagonam,
Yaxshilikga egilib yashasa qalblar!

Akbaraliyev Bunyodbek




Arazlama, jonim azizam
Yorug` dunyo bo`lar qorong`u, 
Dildan go`yo yo`qolar orzu
Hech makondan topolmam yog`du, 
Arazlama jonim azizam.
 
Arazing ham yarashar asti, 
Ammo bu hol jonimning qasdi.
Yigit lafzimning ro`yi-rosti,
Arazlama jonim azizam.
 
Arazlading bo`ldi dunyo tang
Xatolardan qilarman attang.
Sensiz hayot go`yoki berang,
Arazlama jonim azizam.
 
Kimlar hato qilmaydi jonim 
Yarashingni istaydi jonim.
Kuydirmagin, sen xon-u monim
Arazlama jonim azizam.



 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar