Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada Navoiy tavalludining 573-yilligi munosabati bilan “Olis yulduz shu'la taratar” shiori ostida “Alisher Navoiy merosi” mavzuida mutafakkir qalamiga mansub asarlardan g‘azalxonlik va teatrlashtirilgan chiqishlar bo‘lib o‘tdi. - Bo`limga qaytish


10.02.2014
Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada Navoiy kunining  2-qismi 10 fevral soat 13:00 da O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi Yoshlar qanoti, Ayollar qanoti hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida Buyuk mutafakkir, davlat arbobi va shoir Alisher Navoiy tavalludining 573 yilligi munosabati bilan “Olis yulduz shu'la taratar” shiori ostida “Alisher Navoiy merosi - bebaho boyligimiz” mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir va adabiy kechasi bilan davom etdi. 

G‘azalxonlik kechasi tashkil qilishdan asosiy maqsad, Buyuk mutafakkir, davlat arbobi, shoir va o‘zbek tilining asoschisi hazrat Alisher Navoiy tavalludining 573 yilligini keng nishonlash, milliy davlatchiligimiz asoslari, mustaqilligimizni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar, shu jumladan, milliy qadriyatlarimiz va an'analarimizni yoshlar ongiga singdirish, yosh avlod barkamolligiga qaratilayotgan e'tibor, ularning siyosiy, huquqiy, madaniy va ma'naviy saviyasini oshirish, shu orqali yuksak ma'naviyatni shakllantirish, buyuk siymolarimiz, allomalarimiz ijodini o‘rganish, ulardan saboq olish farzandlarimizni komil inson qilib ulg‘aytirish hamda mamlakatimizni yuksak taraqqiyot darajasiga olib chiqish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda o‘z hissasini qo‘shishdan iborat.

Tadbirda O‘zMTDP Toshkent shahar Kengashi devoni rahbari Safarov Davron Safarovich, Fanlar akademiyasiga qarashli Til adabiyoti ilmiy-tekshirish instituti adabiyotshunosi Rayfiddinov Sayfiddin, Adabiyotshunos Eshmonov Ro‘zimurod va Milliy kutubxona nashriyotining muharriri, shoir Shukur Qurbonlar qatnashdilar. Ular Alisher Navoiyning yaratgan asarlarida millat taqdiri, birligi, el-yurt qayg‘usi, yurtni obodonlashtirish, ilm, san'at va adabiyotni rivojlantirishni, Vatanga muhabbat, mehnatga sadoqat, axloqiy yuksaklikka intilish, go‘zallik va muhabbat, mehr va muruvvat, shaxs erkinligi, ijtimoiy adolat uchun kurash g‘oyalari bilan yug‘rilganligini ta'kidlab o‘tdilar.



G‘azalxonlik kechasi yakunida partiya a'zolari safiga qabul qilingan O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari va talabalariga partiyaning a'zolik guvohnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng, talabalar tomonidan tayyorlangan buyuk mutafakkir, davlat arbobi, shoir va o‘zbek tilining asoschisi hazrat Alisher Navoiy tavalludining 573 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kechaning badiiy qismi namoyish qilindi. Unda kollej hamda maktab o‘quvchilari ishtirokda Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qish bilan birga, shoir hayoti va ijodini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlarini ijro etildi. 






Tadbir barcha ishtirokchilar qalbida chuqur taasurot qoldirdi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar