Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
30.10.2014 Respublika ARM va AKM mutaxassislari “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida o‘tkazilgan “Zamonaviy kutubxona menejmenti va marketingi” seminaridan mamnun

2014 yil 28-30 oktyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining O‘quv markazida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Zamonaviy kutubxona menejmenti va marketingi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminarni Kyoln Amaliy fanlar universiteti professori doktor Ursula Georgi o‘tkazdi.
Kutubxona menejmenti va marketingi zamonaviy kutubxona boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib, u konseptual uslubiy qoidalarni, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish kabi jamiyat uchun muhim takliflarni, shuningdek, kutubxona va kitobxonlar o‘rtasida optimal munosoabatlar o‘rnatishga yo‘naltirilgandir.

30.10.2014 “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Yaponiyada ta’lim + Almashinuv dasturlari” taqdimoti


2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «O‘zbekiston» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Yaponiyada ta’lim + Almashinuv dasturlari” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda Nagoyya universiteti vakolatxonasi xodimlari kutubxona foydalanuvchilariga Yaponiyada o‘qish imkoniyatlari, shuningdek Toshkent Davlat yuridik universiteti bilan hamkorligi, u yerda amalga oshirilayotgan o‘qituvchilar va talabalar uchun almashinuv dasturlari va loyihalari haqida so‘zlab berdilar.

30.10.2014 “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “AQShda ta’lim+Almashinuv dasturlari” taqdimoti va “TOEFL” testini muvaffaqiyatli topshirish bo‘yicha amaliy maslahatlar


2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Jahon» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “AQShda ta’lim+Almashinuv dasturlari” taqdimoti va “TOEFL” testini muvaffaqiyatli topshirish bo‘yicha amaliy maslahatlar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida AQShda o‘qishga qiziquvchi kutubxona foydalanuvchilariga trenerlar Saida Choriyeva va Lori Trevislar Shimoliy Amerikada ta’limning o‘ziga xosliklari, Amerika oliy o‘quv yurtlariga imtihon topshirayotgan chet elliklarga bo‘lgan talablar va amaldagi Almashinuv dasturlari, shuningdek, kirish imtixonlari uchun zarur bo‘lgan TOEFL testini muvaffaqiyatli topshirish bo‘yicha talablar haqida gapirib berdilar va kerakli maslaxatlar berdilar.

30.10.2014 “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Ishga kirishda ma’lumotnomani to‘g‘ri yozish va suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish” taqdimoti

2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi«Jahon» o‘quv zali da “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Ishga kirishda ma’lumotnomani to‘g‘ri yozish va suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish” mavzusida taqdimot bo‘lib o‘tdi.
AQSh elchixonasi xodimi Hilola Muxammedjanova ishga yoki o‘qishga bormoqchi bo‘lganlarni hujjatlarni topshirish tartibi, usuli va talablari bilan tanishtirdi. Shuningdek bu jarayonga qiziqqan tinglovchilar uchun AQSh elchixonasi qoshida tashkil etilgan treninglarda ishtirok etish imkoniyati mavjudligini aytib o‘tdi.

30.10.2014 “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “AKT yordamida nemis tilini o‘rganish” treningi bo‘lib o‘tdi


2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Kichik majlislar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “AKT yordamida nemis tilini o‘rganish” treningi bo‘lib o‘tdi.
Trening Toshkentdagi Gyote insitituti ko‘magida bo‘lib o‘tdi. Uni mazkut institutning yetakchi o‘qituvchisi Sayyora Turakulova olib bordi.
Treningdan qo‘zlangan maqsad - nemis tili o‘rganuvchi foydalanuvchilarni chet tillarni o‘rganishda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarning imkoniyatlari bilan tanishtirish.

30.10.2014 “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona Haftaligi doirasida foydalanuvchilar esse yozish sirlarini o‘rganib oldilar


2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Jahon» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona Haftaligi doirasida “Esse yozish ko‘nikmasini shakllantirish va rivojlantirish” mavzusi bo‘yicha O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi ko‘magida taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda foydalanuvchilar esse yozishda lug‘at boyligidan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish me’yorlari bilan tinishdilar. Taqdimotni Djon Yetchverri AQSh elchixonasi 2-kotibi olib bordi. Tinglovchilarga ingliz tilida esse yozish bo‘yicha berilgan qimmatli maslahatlardan so‘ng amalda yozib ko‘rish va shu yerning o‘zidayoq tekshirtirib olish imkoniyati berildi.


Oldin   70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar