Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada “Danko” adabiy-ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda Taras Shevchenko ijodiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. - Bo`limga qaytish


05.02.2014
2014 yil 5 fevral kuni Milliy kutubxonaning ko‘rgazmalar zalida “Danko” adabiy-ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda Taras Shevchenkoning ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. 

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yozuvchining hayoti va ijodi, uning qalamiga mansub asarlarni yoshlarga, qolaversa, keng ommaga tanishtirishdan iborat.

Tadbirda bir qancha ijodkorlar, “Danko” adabiy-ijodiy uyushmasi a'zolari hamda o‘z ma'ruzalari bilan V. Pokazanets, L. Ya. Saakovalar qatnashdilar. 

Tadbir ishtirokchilari Taras Shevchenkoning ijodi va hayoti to‘g‘risida gapirib o‘tdilar. Uning asarlarida u o‘z vataniga sodiqligi va xalqining ozodligi yo‘lida kurashganligi yaqqol ko‘rinib turadi. U o‘zing asarlarida boshqa mamlakatlarning madaniyati va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini saqlashga undagan shoirdir. T.Shevchenko ham buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy singari o‘z vataniga adabiy til taqdim etgan. Shevchenkoning adabiy merosi Ukraina adabiyotining asosi hisoblanadi. Shevchenko nafaqat shoir balki mohir rassom ham bo‘lgan va uning ko‘pgina asarlari bizgacha yetib kelgan. 



Uning “Qo‘bizchi baxshi” deb nomlangan o‘lmas asari va boshqa she'riy to‘plamlari dunyoning ko‘plab xalqlari tillariga tarjima qilingan. O‘tgan asrning boshlarida Hamid Olimjon birinchilardan bo‘lib Shevchenkoning she'rlarini ukrainchadan o‘zbekchaga tarjima qildi va bu bilan u “Buyuk baxshining” ijodi bilan kitobxonlarning tanishishlariga zamin yaratdi. O‘zbekistonda bu shoirni ardoqlashadi, Toshkent va Zarafshon shaharlarida uning xotirasiga bag‘ishlab haykal o‘rnatilgan va poytaxtimizning markaziy ko‘chalaridan biri uning nomi bilan ataladi. 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar