04.02.2014
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish,ularga yanada kengroq qulayliklar yaratish hamda xizmat ko‘rsatish uchun zarur tovar, xom-ashyo maxsulotlarini narxlari, xizmatda foydalanilgan texnik jihozlarini saqlab turish xarajatlari o‘zgarganligi, qolaversa, foydalanuvchilarni yangi axborot-kutubxona xizmatlariga talablari oshayotganligini inobatga olib, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2014 yil 30 yanvar 15 sonli buyrug‘iga asosan “Pullik xizmat ko‘rsatish preyskuranti” narhlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Yangi preyskurant asosida xizmat ko‘rsatish joriy yilning 10 fevralidan kuchga kiradi.
Milliy kutubxonada tasdiqlangan yangi preyskuranti bilan tanishib chiqishingiz mumkin.