Foydali resurslar
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Jahon» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Ozarbayjon yozuvchilari kitoblari ko‘rgazmasi, o‘zbek-ozarbayjon so‘zlashgichi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar asosini uzoq o‘tmishga borib taqaladigan mustahkam do‘stlik rishtalari va qardoshlik, madaniyatlar, tillar hamda an’analar mushtarakligi, qadim davrlardan buyon ikki mamlakat xalqlarini bog‘lab kelayotgan ma’naviy va insonparvarlik qadriyatlarining umumiyligi tashkil etadi.
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida san’atga oid yangi adabiyotlar va “Nodir nota-musiqiy asarlar” ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Bu ko‘rgazmada foydalanuvchilar nodir, alohida qimmatga ega XIX-XX asrga mansub o‘zbek, rus va jahon mumtoz musiqasi nota nashrlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ko‘rgazmadan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi boyligi bo‘lmish gramplastinkalar o‘rin olgan.
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida milliy kutubxona O‘zbekiston xalq artistlari Farruh Zokirov va Nasiba Abdullayevalar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ijodiy uchrashuvda so‘zga chiqqan O‘zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov shunday muqaddas koshona, bilimlar dargohiga taklif etilganidan mamnun ekanligini aytdi. “Kitoblarning o‘z ohinrabosi bor, uni bir marta qo‘ligi olgan inson u bilan do‘stlashib umrining oxirigacha qo‘lidan qo‘ymaydi. Estrada xonondasi uchun ham bu juda zarur, chunki u xalq orasida madaniyat targ‘ib etadi. Madaniyat va ma’rifat esa ajralmas tushunchalardir”- dedi Farruh Zokirov.
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Ijod» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Mumtoz musiqaga bugungi yoshlar fikri” mavzusida “Ijodkor yoshlar klubi”ning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbatni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bosh muharriri Shukur Qurbon olib bordilar. “Mumtoz musiqaga bugungi yoshlar fikri” mavzusidagi uchrashuvga O‘zbekiston xalq xofizi Hasan Rajabiy va ismi bobosining sharafiga qo‘yilgan Yunus Rajabiylar tashrif buyurdilar.
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Ingliz tilini ota-onalar bilan o‘rganamiz» deb nomlangan bir oylik o‘quv-ma’naviy aksiyasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Aksiya 27 sentyabrdan 30 oktyabrgacha Britaniya Kengashi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi, UNICEF bolalar jamg‘armasi O‘zDJTU qoshidagi Chet tillari o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda Toshkent hamda O‘zbekistonning boshqa hududlari maktab o‘quvchilari, ularning ota-onalari va o‘qituvchilari uchun tashkil etildi.
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik konferens-zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Buyuk Britaniyada ta’lim + Almashinuv dasturlari” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi vakillari Mark Grossi, Shuxrat Amanov, Jamila Gulyamovalar ishtirok etishdi.