Foydali resurslar
2016 yil 27 yanvar kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida rus hajvchi yozuvchisi, publitsist M.Ye.Saltikov-Shedrin tavalludining 190 yilligiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi ochildi. Ko'rgazmada “Otechestvenne zapiski” jurnali muharriri, yozuvchi M.Ye.Saltikov-Shedrin hayoti va ijodiga bag'ishlangan adabiyotlar namoyish etilgan.
2016 yil 27 yanvar kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida avstriyalik kompozitor va dirijyor Volfgang Amadey Motsartning 260 yilligiga bag'ishlangan kitob-rasmli ko'rgazma ochildi. Ko'rgazmada Motsart hayoti, ijodi va boy madaniy merosi haqida hikoya qiluvchi kitoblar, jurnallar va rasmlar taqdim etildi.
2016 yil 27 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Milliy kutubxona huzuridagi Respublika metodik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika metodik kengashi a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlari hududiy Idoralararo kengashlari kotiblari, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xizmat rahbarlari ishtirok etdilar.
Yg‘ilishda Respublika metodik kengashining 2016 yil Ish rejasi, “Central Asia - 2016. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari o‘rni” mavzusidagi X Xalqaro konferensiyasini o‘tkazish, Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun “Katalogizator maktabi”ni tashkil etish, Namunaviy hududiy axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini joylarda o‘rganish va monitoringini yuritishni tashkil qilish va Idoralararo kengash qarorlarini bajarilishi holati bo‘ycha hisobotlarni eshitish jadvalini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Movarounnahr” nashriyotida 372 sahifa hajmida 3000 nus’hada chop etilgan “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobi bilan boyitildi.
Aydarbek Tulepovning mazkur kitobida, asosan, internet orqali amalga oshirilayotgan tahdidlar, yoshlar ongiga salbiy ta’sir etayotgan buzg‘unchi g‘oyalar va “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi madaniyatsizlikning salbiy oqibatlari aniq dalillar va hayotiy misollar asosida yoritilgan. Bunday tahdidlarga qarshi kurashish va yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish asoslari milliy va diniy jihatdan bayon qilingan. Shuningdek, buzg‘unchi g‘oyalarning asl qiyofasi hayotiy faktlar, savol-javoblar va psixologik testlar orqali batafsil ifodalangan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Munis design group” nashriyotida chop etilgan “Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga oid ma’lumotlar” kitobi bilan boyitildi. Adadi 150 nus’ha, hajmi 322 sahifadan iborat tarixchi, xitoyshunos olim, tarix fanlari doktori Ablat Xo‘jaevning mazkur kitobi 2012-2016 yillar uchun rejalashtirilgan “FA-F1-G028: Markaziy Osiyo etnik tarixiga oid sharq tillaridagi qadimiy va o‘rta sar manbalaridagi ma’lymotlar” nomli fundamental tadqiqot loyihasi asosida yozilgan.
Kitob xitoy va uyg‘ur tarixchi olimlarning va yozuvchilarning asarlarini o‘rganib chiqish natijasida ularning tarjimalari va ilmiy tadqiqotlari ko‘rsatkichi vazifasini o‘taydi. Mazkur asarda miloddan avvalgi VII-V asrlar oralig‘ida bitilgan “Zuo Chjuan”, “Erishisi shi” deb nomlangan sulolalar tarixi majmuyidan o‘rin olgan 8ta sulola tarixlari, VIII-XII asrlar oralig‘ida yozilgan 3ta yirik tarixiy asarlardagi Markaziy Osiyo xalqlari etnik tarixiga oid ma’lumotlarning ayrim qismlari ilk bor asliyat asosida o‘zbek tiliga ilmiy tarjima qilingan holda keltirilgan.
2016 yil 22 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Oltin qalam” davlat mukofoti sovrindori, taniqli rejissyor Hamid Qahramonov bilan “Sahna orti qahramoni” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda rejissyorning hamkasb do‘stlari, ustozlari, shogirdlari, Toshkent teatrlari artistlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida rejissyor Xamid Kaxramonov ijodi haqida hikoya qiluvchi “Sarhisob” hujjatli filmi namoyish etildi. Unda ijodkorning 50 yillik kasbiy faoliyatining quvonchu tashvishlari haqida do‘stlari va hamkasblari, taniqli shoirlar va yozuvchilar, aktyorlar va tomoshabinlar o‘z fikr-mulohazalarini bildiradilar.