03.02.2014
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 6 fevraldan 12 fevralgacha “Dil izhorlari” tanlovini e'lon qiladi. Tanlov uch yo‘nalishda “Ona Vatanga”, “Volidai muhtaramaga”, “Suyukli yorga” atalgan Dil izhorlari ko‘rinishida namoyon etiladi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ikkinchi qavati foyesidan joy olgan stendlarda xoxlovchilar o‘z izhorlarini qoldirishlari mumkin. Dil izhori she'riy holda yoki tilak ko‘rinishida yozilib,bir nusxada stendga yopishtiriladi. Albatta dil izhori egasi o‘z ID raqamini ko‘rsatishi lozim.
12 fevral kuni soat 15:00da eng chiroyli va mazmunli dil izhori g‘oliblari aniqlanadi.
Barchangizni tanlovda ishtirok etishga chorlab qolamiz!