Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
03.02.2014
27 - 31 yanvargacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 160 ta yangi nomdagi kitoblar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 160 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 47 ta; tibbiyot - 7 ta; ta'lim va madaniyat - 4 ta, badiiy adabiyotlar - 41 ta; texnika - 15 ta; adabiyotshunoslik - 5 ta; tabiiy fanlar - 19 ta; tilshunoslik - 19 ta; q.-x. - 2 ta; ma'lumot adabiyot - 1 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
114 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 65 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 499150 taga yetdi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 27 -31 yanvar holatiga ko‘ra 78 nusxa gazeta; 19 nusxa jurnal; jami 650 bibliografik yozuv kiritildi 283 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 106 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 103 ta va bolalar adabiyoti uchun 3 ta) berildi. 51 ta kattalar adabiyoti va 3 ta bolalar adabiyoti uchun 13 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 3 ta ISSN raqam berildi.