Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Узбекистан - наш дом родной» nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. - Bo`limga qaytish


30.01.2014

O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elat vakillarining tili va urf-odatlarini saqlash, rivojlantirish masalalariga ulkan e'tibor berilayotir.

Bugungi kunda yurtimizda 140 dan ortiq milliy madaniyat markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Madaniyat markazlari bir oila farzandlaridek istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarining urf-odat va an'analari, qadriyatlarini asrab-avaylash, yanada ravnaq toptirish, bag‘rikenglik, mehr-oqibat, bunyodkorlik ruhida tarbiyalashga, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini qaror toptirishga ushbu markazlar ham munosib hissa qo‘shib kelayotir.

2014 yil 30 yanvar kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasining majlislar zalida Milliy kutubxona, Isroil Davlat elchixonasi ishtirokida, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotida chop etilgan  «Узбекистан - наш дом родной» nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish, ularni mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillariga hurmatda va o‘zaro hamjihat bo‘lishni o‘rgatishdan, shuningdek yurtimizda turli sohalarda izchillik bilan amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida barcha millat va elat vakillari faol ishtirok etayotgani, bu jihatlar madaniyat, san'at, ma'naviy-ma'rifiy sohalarda ham o‘z tasdig‘ini topayotganligini e'tirof etishdan iborat.


O‘z tabrik so‘zi bilan tadbirni Milliy kutubxona direktori A.Xodjayev ochib berdi va Milliy kutubxona faoliyati haqida gapirib o‘tdi. Tadbirda «Узбекистан - наш дом родной»  nomli kitob muallifi, jurnalist Boris Babayev olib bordi. Kitob taqdimoti marosimida O‘zbekston Respublikasi Inson xuquqlar Milliy markazi direktori, kitobning so‘z boshi muallifi, professor Akmal Saidov, Respublika Baynalminal madaniyat markazi direktori Nasriddin Muxamadiyev, O‘zbekistondagi Isroil Davlat Elchisi Karmella Shamir, meditsina fanlari doktori Mixail Abramov, tarix fanlari doktori Erkin Davidov, Toshkent shahar yaxudiy jamoasi rahbari Yuriy Kalandarov, O‘zbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova, Isroil elchixonasining madaniyat ishlari bo‘yicha konsuli Eyal Dali va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotida chop etilgan  «Узбекистан - наш дом родной» nomli kitob haqida, uning yozilishi tarixi, shuningdek, Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimiz faravonligini oshirish, Vatanimizning kuch-qudrati va iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar jarayonida millatlar o‘rtasidagi ahillik, tinchlik va totuvlik jamiyatimizdagi mehr-oqibat, bag‘rikenglik muhiti muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta'kidladilar.



Tadbirning badiiy qismida «Узбекистан наш общий дом» xalqaro va respublika festivali laureati Elvira Muxutdinova «Baxt qushi» deb nomlangan Buxoro milliy raqsi hamda turli millat raqslaridan ijro etdi. 




 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar