Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“Yoshlik” jurnali jamoasi bilan hamkorlikda “Bugungi kun kitobxonlari va kitobxonlik masalalari” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. - Bo`limga qaytish


29.01.2014
2014 yil 29 yanvar kuni Milliy kutubxonaning ko‘rgazmalar zalida “Yoshlik” jurnali jamoasi bilan hamkorlikda “Bugungi kun kitobxonlari va kitobxonlik masalalari” mavzusida  davra suhbati o‘tkazildi. 

Tadbir o‘tkazishdan asosiy maqsad mamlakatimizda kitob mutolaasi va ayniqsa yoshlar hayotida kitobning muhim ahamiyatini o‘rganish, shu bilan bir qatorda ularning bugungi kunda qanday asarlarga murojaat qilayotganlari, qaysi yozuvchi-shoirlarning ijodlari bilan yaqindan tanish ekanliklari borasida fikr almashishdan iborat.

Tadbirni shoir Sh. Qurbon ochib berdi. Tadbirda “Yoshlik” jurnali Bosh muharriri, yozuvchi Sobir O‘nar, Bosh muharrir o‘rinbosari yozuvchi Luqmon Burxonov, “She'riyat” bo‘limi boshlig‘i shoir Alisher Nazarov, Atoqli shoir, publitsist Mirpo‘lat Mirzayevlar qatnashdi. So‘zga chiqganlar “Yoshlik” jurnali hamda uning bugungi kunda olib borayotgan faoliyati, xususan, bugungi kun kitobxonlari, kitob o‘qish madaniyati va turli yoshdagi kitobxonlar ommasiga kerakli hamda foydali bo‘lgan adabiyotlarni yetkazish borasida qilinayotgan ishlar  haqida so‘z yuritdilar. Ular kitob - insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbai ekanligini, kitob - inson tafakkurini yuksaltirish, didini charxlash, ongi va qalbiga ezgulikni singdirishning muhim vosita ekanligi,  hozirgi vaqtda axborot texnologiyalari har qancha rivojlanmasin, insoniyat taraqqiyotida kitobning o‘rnini hech narsa bosa olmasligi haqida fikr yuritdilar. Shoir va yozuvchilar yig‘ilgan yosh talaba va o‘quvchilarga o‘zlarining qimmatli maslahatlari shuningdek sohadagi erishgan yutuqlari, shu bilan birga kamchiliklari haqida so‘zlab berdilar.



Tadbir so‘nggida ishtirok etgan 40-o‘rta maktab va tibbiyot kolleji o‘quvchilari tomonidan berilgan mazmunli savol sohiblariga Milliy kutubxona tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.   




Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar