Milliy kutuxonada Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, adib O‘lmas Umarbekov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. -
Bo`limga qaytish
29.01.2014
Shunday iste'dod egalari borki, tengdoshlari va zamondoshlarining hurmat-e'tiborini qozonish baxtiga muyassar bo`ladilar. Buning ustiga o`z zamondosh ustozlari e'zozidan bahra topadilar. Ijoddagi bunday holat faqat o`sha iste'dodning baxtigina bo`lib qolmay, balki u mansub bo`lgan adabiyotning ham omadi, ravnaqidan bir dalolatdir.O`lmas Umarbekov ana shunday iste'dodlar orasidan o`ziga munosib o`rin egallab olgan sermahsul, hozirjavob adibdir.
O`lmas Umarbekov 1934 yil Toshkentda tug`ilgan. O`rta maktabni tugatgach, O`rta Osiyo Davlat universitetining (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi milliy universitetning) filologiya fakul'tetiga kirib, 1956 yilda uni a'lo baholar bilan bitirdi. Respublika radiosida oddiy muharrir sifatida ish boshlagan O`lmas Umarbekov uzoq yillar davomida shu yerda bosh muharrir bo`lib ishladi. Qariyb o`n yilga yaqin "O`zbekfil'm" kinostudiyasiga boshchilik qildi. 1982-yilga kelib, O`zbekiston Madaniyat vazirining o`rinbosari, keyinroq vazir bo`lib faoliyat ko`rsatdi.Ko`p o`tmay, u O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga rais etib saylandi.(1985). Ayni chog`da Osiyo va Afrika yozuvchilar birdamlik qo`mitasining raisi etib tayinlandi. Nihoyat,1989-1991 yillarda Respublika Vazirlar Mahkamasi Raisining o`rinbosari bo`lib ishladi.
U o`nlab hikoyalar, qissalar."Odam bo`lish qiyin", "Fotima va Zuhra" kabi romanlari, "Qiyomat qarz", "Shoshma quyosh", "Oqar suv", "Sud", Komissiya", "Kuzning birinchi kuni", "Arizasiga ko`ra", "Kurort", "Er yonganda" kabi dramatik asarlarini yaratdi. Shuningdek, "Ikki soldat haqida qissa", "O`zgalarni deb", "qalin qorlar bag`ridagi uchrashuv" kabi kinofil'mlar uchun senariylar yozdi.
Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida 2014 yil 28 yanvar kuni Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, adib O‘lmas Umarbekov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Uchrashuv Milliy kutubxonaning anjumanlar zalida soat 15:00 da o`tkazildi.
Tadbirni o`tkazishdan asosiy maqsad - yosh avlodga o`zbek adabiyotiga o`zining ulkan hissasini qo`shgan adib O`lmas Umarbekovning hayoti va ijodi haqida hamda o`zbek adabiyoti va adiblari haqida yosh talabalarga tanishtirish, fikr-mulohazalar bildirish bilan bir qatorda, ular bilan fikr almashishdan iborat.
.jpg)
Tadbirni Milliy kutubxona xodimi Q.Tursunov ochib berdi. Tadbirda elimizga taniqli shoir, yozuvchilar, filologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlar,teleradiokompaniya muhbirlari, jurnalistlar, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari va xodimlari ishtirok etdilar.Ulardan Respublikada xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muqaddas Samatova, yozuvchi Erkin Usmonov, shoir Hamidulla Ismat so‘zga chiqib, O‘lmas Umarbekov hayoti va ijodi, uning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan xissasini va o‘zining ahamiyatini yo‘qotmagan asarlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Yig`ilganlar taniqli adibning hayoti va ijodi haqida ma`lumotlarga ega bo`lish bilan birga, o`zlarining qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniga ega bo`ldilar.