Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


25.01.2014
20 - 24 yanvargacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 150 ta yangi nomdagi kitoblar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
 
Shulardan 150  ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 21 ta; tibbiyot - 6 ta; ta'lim va madaniyat - 26 ta, badiiy adabiyotlar - 62 ta; texnika - 8 ta; adabiyotshunoslik - 1  ta; tabiiy fanlar - 6 ta; tilshunoslik - 20 ta)  texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi. 
 
Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

Kelib tushgan bosma nashrlarning  9 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi. 

201 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi. 

Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 91 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va  bibliografik tavsifi berildi.     

Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 498350 taga yetdi.
 
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 20 -24 yanvar holatiga ko‘ra 75 nusxa gazeta; 21 nusxa jurnal; jami 492 bibliografik yozuv kiritildi  881 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
 
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 86 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 74 ta va bolalar adabiyoti uchun 12 ta) berildi. 122 ta kattalar adabiyoti  va 12 ta bolalar adabiyoti uchun 20 ta  hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
 
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 4 ta ISSN raqam berildi. 10 ta davriy nashrga 2014 yil uchun hisob-kitob shartnomasi tuzildi.

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar