Milliy kutubxonada Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida "Kitobxonlar bayrami" madaniy-ma'rifiy tanlovining yakuniy respublika bosqichi o‘tkazildi -
Bo`limga qaytish
24.01.2014
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining 2012 yil 30 noyabrdagi 283-sonli majlisi bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 5-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, hamda kitobxonlikni keng targ‘ib etish, talabalarda kitob mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda "Kitobxonlar bayrami" madaniy-ma'rifiy tanlovi Qo‘shma Qaror va Nizom ijrosini ta'minlash maqsadida, 2014 yil 24 yanvar kuni soat 9:00da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida “Kitobxonlar bayrami” madaniy-ma'rifiy tanlovining yakuniy respublika bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur ko‘rik-tanlovning birinchi bosqichi oliy ta'lim muassasalarida 2013 yil mart oyida o‘tgan bo‘lib, 673 nafardan ziyod talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Ko‘rik-tanlovning ikkinchi - hududiy bosqichi 2013 yil aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 7 ta viloyat hamda Toshkent shahridagi 3 ta oliy ta'lim muassasasida o‘tkazildi. Ushbu tanlovda 530 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etib, shulardan 89 nafar talabalar Respublika bosqichiga ishtirok etishni qo‘lga kiritdilar.
Tanlov beshta turga ko‘ra to‘rtta sho‘'baga bo‘lingan bo‘lib, bular: 1.“Kitob tafakkur xazinasi” maqolalar tanlovi;
2.“Eng faol badiiy asarlar targ‘ibotchisi” tanlovi;
3.“Yosh ijodkor talaba” tanlovi;
4.“Asarlardan yaralgan saxna asarlari” va “Asarlardan yaralgan navolar” tanlovlaridir.
Tanlovda ishtirok etgan ijodkor talaba-yoshlar maqola yozishda badiiy adabiyotlardan foydalanganlik darajasi, tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrini aniq bildirishi va hayotiy misollardan keng foydalanganliklari misolida bellashdilar. Tanlovda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, hay'at a'zolari tomonidan g‘oliblar aniqlandi. Tanlov g‘oliblari nizom talablariga muvofiq rag‘batlantirildi.
Badiiy asarlar mazmun-mohiyatini tahlil qilish, unda bayon etilgan voqea-hodislarni talqin etish, nutqiy mahoratni ta'sirchan uslublarda yetkaza olish va asarlardan foydalangan holda insonparvarlik fazilati, fidoyilik, ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlar ruhida yoshlarni tarbiyalaydi. Shuningdek, ajdodlarimiz va zamonamiz qahramonlari faoliyatlari yoritilishi, odob-axloq tarbiyasi, tariximiz, ajdodlarimiz merosi, ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida mazmunan teran, xalqimiz ma'naviy mulkiga aylangan asarlardan yaralgan qo‘shiqlarni ijro etayotganligida namoyon bo‘ldi.