Milliy kutubxonada "Ziyonet" hamda "Kultura.uz" bilan hamkorlikda taniqli telejurnalist Shaxnoza Ganiyeva ishtirokida ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi -
Bo`limga qaytish
22.01.2014
Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida "Ziyonet" hamda "Kultura.uz" bilan hamkorlikda 22 yanvar kuni taniqli telejurnalist Shaxnoza Ganiyeva ishtirokida ijodiy uchrashuv bo`lib o’tdi. Uchrashuv Milliy kutubxonaning anjumanlar zalida soat 15:00 da o`tkazildi.
Uchrashuv qahramoni nafaqat O’zbekistondagi tomoshabinlarga, balki MDH mamlakatlari teletomoshabinlariga ham juda yaxshi tanish. San`atshunos va teleboshlovchi Shahnoza G`aniyeva o`zining betakror reportajlari, lavhalari bilan keng ommaga tanilgan. Uning mamlakatimizdagi san`at namoyondalari hayoti va ijodi haqida madh etuvchi “Zvezdopad” ko`rsatuvi “Teffi” Xalqaro televizion mukofotiga sazovor bo`lgan.
Tadbirni o`tkazishdan asosiy maqsad jurnalistikaning o`ziga hos yo’nalishlari, ushbu sohadagi erishilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda uning qiyinchiliklari, aynan xozirgi tezkor rivojlanish davridagi o`rganilishi kerak bo`lgan muhim masalalarni yosh avlodga yetkazish, jumladan vatanimizda yetishib chiqayotgan hamda ushbu sohada tahsil olayotgan yosh journalist-talabalarga foydali fikr-mulohazalar bildirish bilan bir qatorda, ular bilan fikr almashishdan iborat.

Tadbirda "Kultura.uz" portal jurnalisti Boris Babayev, “Mezon.uz” portal jurnalisti Nigora Umarova kabi jurnalistlar, jurnalistika yo`nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlar, teleradiokompaniya muhbirlari va kutubxona a`zolari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida yig`ilganlar teleboshlovchi, “Zvezdopad” ko’rsatuvining muallifi Shaxnoza Ganiyeva qanday qilib axborot tayyorlash uchun ma`lumotlar yig`ish kerakligi, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashdagi o`zining ko`p yillik tajribasi, erishgan yutuqlari hamda uning ijodidagi yangiliklari haqida batafsil so`zlab berdi. Yig`ilganlar taniqli telejurnalistning hayoti va ijodi haqida ma`lumotlarga ega bo`lish bilan birga, o`zlarining qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniga ega bo`ldilar.