Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
17.01.2014
13 - 17 yanvargacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 120 ta yangi nomdagi avtoreferatlar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
120 ta avtoreferat , (siyosat - 40 ta; tabiiy fanlar - 17 ta; tibbiyot - 21 ta; ta'lim va madaniyat - 6 ta; sport - 2 ta; texnika - 19 ta; san'at - 4 ta; q.-x - 8 ta; tilshunoslik - 3 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarning 53 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
279 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 51 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 497650 taga yetdi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 13 -17 yanvar holatiga ko‘ra 91 nusxa gazeta; 10 nusxa jurnal; jami 464 bibliografik yozuv kiritildi 615 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 95 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 67 ta va bolalar adabiyoti uchun 28 ta) berildi. 66 ta kattalar adabiyoti va 28 ta bolalar adabiyoti uchun 23 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 6 ta davriy nashrga 2014 yil uchun hisob-kitob shartnomasi tuzildi.