Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyev tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab ko‘rgazma tashkil qilindi - Bo`limga qaytish


13.01.2014
2014 yil 13 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Ijod” o‘quv zalida O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyev tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab ko‘rgazma tashkil qilindi. Ko‘rgazmada xalq rassomining mo‘yqalamiga mansub asarlar hamda uning hayotiga bag‘ishlangan kitoblar namoyish qilindi.

O‘rol Tansiqboyev o‘zbek manzarachi rassomi, sobiq Ittifoq Badiiy akademiyasining a'zosi, Xalq rassomi, O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. U 1904 yilda tug‘ilgan. O‘rol Tansiqboyev asosan, liroepik rassom edi. Uning har bir asarida jonajon o‘lkaga nisbatan cheksiz muhabbat bor. Ana shu muhabbat bilan O‘zbekiston manzarasining ulug‘vor tasvirini chizdi. U jamoat arbobi sifatida ham qator ishlarini amalga oshirdi. O‘rol Tansiqboyev asosan 30-yillarda rassom sifatida shakllandi, o‘z asarlarini xalqqa yaqin va tushunarli bo‘lishi uchun tinmay mehnat qildi. Bu vaqtda «O‘zbek portreti», «Oltin kuz», «Karvon», «Hosil» kabi portret, manzara asarlarini yaratdi. «Ozod bo‘lgan sharq ayollari», «16-yil qo‘zg‘aloni» asarlari rassomning monumental rassomlik sari dadil qadam tashlaganini ko‘rsatdi. Uning mo‘yqalamiga mansub asarlar quyidagilardir: «Alisher Navoiy» portreti, «Vahshiyning yo‘li», «Ozod qilingan yerlarda», «Partizan ayol», «Peshin. Ovqat payti», «G‘o‘za sug‘orish», «O‘zbekistonda bahor» kartinalari, «Taxiyatosh», «Qayroqqum GESi tongi», «Yangi yerda», «Tog‘da kuz», «O‘zbekistonda mart», «Kattaqo‘rg‘on suv ombori», «Bo‘stonliqda bahor», «Tog‘dagi yaylov» kabi asarlari, «Chorvoq qurilishida», «Mirzacho‘l kanali» va boshqa bir qator kartinalari uni moxir rassom, tabiat kuychisi sifatida elga tanitdi.

Taniqli rassom O‘rol Tansiqboyev 1974 yilda Toshkent shahrida vafot etdi. Undan boy va rang-barang meros qoldi. Uning asarlari mamlakatning yirik muzeylari - Tretyakov galereyasi, Sharq madaniyati Davlat muzeyi, Olma-ota, Samarqand, Nukus va boshqa shaharlardagi rasmlar galereyasi hamda muzeylaridan munosib o‘rin egallagan. 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar