Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


10.01.2014
O‘g‘lim, bul hikmatni qilgin boshga toj: 
Hech kimsa bo‘lmasin nomardga muhtoj. 
Er yigit qalqondir yurtiga doim, 
Mangudir Vatanda mardga ehtiyoj.
Abdulla Oripov 
 
9 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Vatan! Bu so‘z naqadar aziz va muqaddas! Vatanni himoya qilish uning tuprog‘ini, har qarich yerni asrab-avaylash faqat harbiy askarlarni emas, balki, barcha insonlarning muqaddas burchidir. Dilida iymoni, g‘ururi, o‘ti bor inson o‘z ona Vatani uchun qilgan har bir xizmatini bemminat chin yurakdan ado etmog‘i lozim. Bugungi kunda jamiyatimizda ilm-fan va madaniyat, texnika, qishloq xo‘jaligi va sanoat tezkor rivojlanib borayotgan bir paytda, O‘zbekiston ham o‘zining yuksak tarraqiyot yo‘lidan ketmoqda. Ammo davlatimizning bu yutuqlarini, tinch hayotini ko‘ra olmayotgan, bizning faqat ezgu g‘oyalar asosida yo‘naltirilgan maqsadlarimizga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘layotgan buzg‘unchi g‘oyalar ba'zi yoshlarimizni yo‘ldan urmoqchi bo‘ladi va jahon miqyosida O‘zbekiston obro‘siga putur yetkazmoqchi bo‘lishadi. Ammo biz ongli, yetuk salohiyatli yoshlarimizni ana shunday qabih niyatli g‘oyalarga chalinmasligi uchun o‘z bilimimiz, yuksak tarbiya va ma'naviyatimiz bilan to‘g‘ri, ezgu maqsadlar sari yo‘naltirishimiz kerak. Zero bu sayin harakatlar asosida vatanparvarlik tuyg‘usi yotadi. Olis yurt sarhadlarini qo‘riqlash ham, ilm maqsadlarida fan sirlarini egallash ham, turli davlat idoralarida jonkuyarlik bilan faoliyat yuritish ham, bobolarimiz Alisher Navoiy, Bobur, Amir Temur, Ibn sino, Al-Xorazmiy meroslarini o‘rganish ham vatanparvarlikdir. 
Tadbirda xonandalar Muhammadjon Shokirov, Xasan va Xusan Jo‘rayevlar, yozuvchi Zohir A'lam, shoira Umida Abduazimova, shoir Shukur Qurbon, harbiylar va ularning oila a'zolari, gazeta muxbirlari, “Madaniyat va ma'rifat” telekanali tasvirga olish guruhi hamda kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Vatanimiz tarixi, mustaqillikka erishilguncha bosib o‘tilgan mashaqqatli davrda ota-bobolarimizning yurt ozodligi uchun olib borgan mardonavor kurashlari haqida, Mustaqillik yillarida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan zamonaviy, ixcham, mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, sarhadlarimizni ishonchli himoya qilish hamda daxlsizligini ta'minlash bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir yaxshi qurollangan milliy armiyamizni tashkil etishga qaratilgan ulkan ishlar, harbiy sohada, qurolli kuchlarda olib borilayotgan islohotlar, Ona Vatanimiz sarhadlarining dahlsizligini ta'minlashda tunu kun fidokorona xizmat qilayotgan harbiylarimizning mashaqqatli va mas'uliyatli mehnatlari xususida, hamda Vatan oldidagi o‘z yigitlik burchini o‘tagan va hozirda o‘tab kelayotgan mard o‘g‘lonlarimiz - askarlarimiz haqida so‘z yuritdilar. Tadbirning badiiy qismida esa yig‘ilganlar xonandalar Muhammadjon Shokirov, Xasan va Xusan Jo‘rayevlardan jonli ijroda qo‘shiqlar tingladilar va yumorga boy chiqishlardan bahramand bo‘ldilar. 
Tadbir so‘ngida mehmonlar uchun “O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Vatan himoyasida” filmi namoyish etildi
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar