O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilariga Yangi yil sovg‘asi sifatida yangi loyiha ishga tushirildi -
Bo`limga qaytish
08.01.2014
Ma’lumki, Milliy kutubxona videofondi ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop videomateriallar repertuarini o`zida jamlagan bo`lib, ushbu videomateriallarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, tarixiy-ma’naviy va madaniy merosni asrab-avaylash hamda yoshlarning ma’naviy yetuk inson bo`lib yetishishlaridagi asosiy omillar ko`rsatib berilgan. Videomaterial voqealari va qahramonlarning ijobiy hamda salbiy timsollari orqali inson hayotiga tahdid soluvchi va yomon oqibatlar keltirib chiqaruvchi illatlar va ularning oldini olishga qaratilgan aniq maqsad tomoshabinga yuksak mahorat bilan yetkazib berilgan.
Videomaterilallar mazmun-mohiyati va sohalarini hisobga olgan holda 6 bo`limga bo`lingan bo’lib, ular quyidagilar:
1. “Bizning meros” - bo`limi tarixdan bizga qadar madaniy meros bo`lib yetib kelgan tarixiy obidalar, yozma manbalar hamda tarixiy maqomga ega joylar haqidagi ma`lumotlarni o`z ichiga olgan.
2. “Buyuk allomalarimiz” - bo`limida jamlangan videomateriallar dunyo ilm-fan taraqqiyoti rivojiga hissa qo`shgan hamda tarixda o`chmas iz qoldirgan tarixiy shaxslar haqida hikoya qiladi.
3. “Bizning yutuqlarimiz” - bo`limi esa Vatanimiz mustaqillikka erishgandan bugungi kungacha jahon sahnasida ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-madaniy sohalarda tutgan o`rni, taraqqiyoti rivoji yo`lida amalga oshirilayotgan islohotlar va faxrlanishga arzigulik jahonga nom taratayotgan vatandoshlarimiz haqida ma’lumot beradi.
4. “Ogohlikka da’vat” - bo`limi videomateriallari yoshlar ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitish hamda dunyoda global muammoga aylangan giyohvandlik, odam savdosi, din niqobi ostidagi harakatlar, vatan xoinligi, yoshlarning noma’qul yo`llarga kirib qolishlarining asosiy sabablari, bundan aziyat chekayotgan insonlar taqdiri haqidagi videomateriallarni o’z ichiga olgan.
5. “Badiiy filmlar” - bo`limi o`zbek milliy kinolarini o`z ichiga olgan bo`lib, badiiy filmlar orqali milliy qadriyatlarimiz va o`zbek urf-odatlari haqida hikoya qiladi.
6. “Bolalar uchun” – bo’limi “Multfilm” bo’limining o’zgargan shakli bo’lib, endilikda bu bo’limdan nafaqat multfilmlar balki bolalar uchun yumorga boy satirik videofilmlar ham o’rin egallagan.
Shu kungacha yuqorida keltirilgan videoresurslar kutubxona kinomarkazida namoyish etilardi. Endilikda ko`p sonli tomoshabinlar talab va takliflarini o`rgangan holda, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi videofondida mavjud bo‘lgan badiiy, hujjatli filmlar va multfilmlarni hamda audioresurslarni Multimediya ma'lumotlar bazasida onlayn tarzda ko‘rish imkonini beradigan yangi loyiha ishga tushirildi.
Ushbu xizmatdan kutubxonaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar kutubxona kompyuterlari orqali foydalanishlari mumkin.
Multimediya ma'lumotlar bazasidan foydalanish
Multimediya ma’lumotlar bazasi dasturiga kutubxona o`quv zallaridagi kompyuterladan kirish mumkin. Dasturga kirgach bosh sahifada joylashgan video va audio fayllardan istalgani tanlanadi.
.png)
Video yoki audio faylni qidiruv tizimi orqali topish mumkin. Bunda qidiruv maydoniga fayl nomi kiritiladi va qidiruv tugmasi bosiladi.
Kengaytirilga qidiruv tizimi orqali ham qidiruvni amalga oshirish mumkin. Bunda sahifaning o’ng tomonida joylashgan janrlar ro’yxatidan kerakli janr tanlanadi.
Multimediya ma'lumotlar bazasining qulayliklaridan yana biri bu Milliy kutubxonada tashkil qilingan yangi loyihalar va foydali resurslarga o’tish imkoniyatining mavjudligidir.
.png)