Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
11.11.2014 Saylovchining elektron kutubxonasi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saylovoldi kоmpaniyasi


2014 yilning 21 dekabr kuni - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar kuni. Davlatimiz rahbarining 2014 yil 6 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori va «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi doirasida yoshlarimiz orasida saylovoldi targ‘ibot ishlarini amalga oshirish ko‘lami yanada kengaydi.

10.11.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida zamonaviy italyan arxitekturasiga bag‘ishlangan “Kichik utopiya” ko‘rgazmasi taqdimoti


2014 yil 10 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida zamonaviy italyan arxitekturasiga bag‘ishlangan “Kichik utopiya” ko‘rgazmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekistonda Italiya dekadasi doirasida o‘tkazilib, unda Italiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muhtor elchisi Rikkardo Manara boshchiligida diplomatik korpus vakillari, “O‘zbekiston-Italiya” Do‘stlik Assotsiatsiyasi raisi, A.Navoi nomidagi O‘zbekiston Davlat Katta akademik teatri direktori B.Yakubov, Italiya va O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmalari vakillari, Toshkent arxitektura qurilish instituti va O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilar va talabalar jamoasi ishtirok etdilar.

10.11.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yosh qalamkashlarning “Kuz chizgilari” deb nomlangan rasmlar ko‘rgazmasi


2014 yil 10 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida yosh qalamkashlarning “Kuz chizgilari” deb nomlangan rasmlar ko‘rgazmasi foydalanuvchilar e’tiboriga havola qilindi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston badiiy akademiyasi akademigi, rassom Alisher Mirzoning shogirdlari, K.Bekzod nomli Milliy rassomchilik va dizayn instituti talabalari tomonidan oltin kuzning turli jilolarda aks ettirilgan tasvirlari namoish etilmoqda. Bunda siz o‘zinig yam-yashil go‘zalligini yo‘qotib, sarg‘aygan barglarini to‘kayotgan daraxtlar manzarasi, qishning darakchisi bo‘lmish kuzning achchiq sovuqlaridan jo‘njikib ketayotgan yo‘lovchilar, kuz ne’matlari tasvirlangan natyurmortlar, kuzing uzun kechalarida suhbatlashib o‘tirgan dugonalar, xazonlarni supurib, dala yumushlaridan bo‘shab urchuq yigirayotgan onaxon tasvirlari tushirilgan rasmlarni tomosha qilishingiz mumkin.

10.11.2014 Shoir, dramaturg, san’at nazariyotchisi, tarixchi va xarbiy shifokor Fridrix Shiller tavalludining 225 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi


Bugun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Kashfiyot” o‘quv zalida “Bo‘ron va taziyq” va “Romantizm” adabiy yo‘nalishlari namoyondasi Iogann Kristof Fridrix Shiller tavalludining 225 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Nemis klassik adabiyotining asoschilaridan biri, shoir, dramaturg, san’at nazariyotchisi, tarixchi Fridrix Shiller 1759 yil 10 noyabrda Vyuttenbegr o‘lkasining Marbax shahrida dunyoga keldi.

07.11.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saylovoldi jarayoni


Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaharlar kengashlariga bo‘lajak saylovga tayyorgarlik jarayonlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ham olib borilmoqda. Saylovlarning yuqori saviyada o‘tishida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olib «Tafakkur» o‘quv zalida shu mavzuga doir ko‘rgazma tashkil etildi. Unda yoshlarni milliy saylov qonunchiligi bilan yaqindan tanishtirish, islohotlar jarayonida ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini ta’minlash maqsadida mavzuga dahldor qonunlar va sharhlar, kitoblar va jurnallar tavsiya etilmoqda.

07.11.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining mutaxassislari Xorazm viloyatida maxsus o‘quv seminarlari o‘tkazib qaytishdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 martdagi PQ-1729-son, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 apreldagi 98-sonli qarorlari talablari asosida, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati va Axborot-kutubxona fondlarini restavratsiya va konservatsiya qilish xizmati tomonidan Urgench shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida axborot-resurs, axborot-kutubxona markazlarining nodir fondlari bilan ishlovchi mutaxassislari va muzey xodimlari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.


Oldin   66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar