Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada Oliy talim muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari uchun o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazildi - Bo`limga qaytish


08.01.2014
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Konstitutsiya qabul qilinganligining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Amalga oshirilayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyati qurish yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir” ma'ruzasida jismonan va ma'naviy sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Ma'ruzada ilgari surilgan g‘oyalardan kelib chiqib, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni tizimli tashkil eti shva samaradorligini oshirish maqsadida 6-8 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va ÿpta maxsus ta'lim vazirligi tashabbusi bilan Oliy talim muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar buyicha prorektorlari uchun o‘quv-uslubiy seminar tashkil etildi. Seminarning birinchi kuni O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazildi va unda “Sog‘lom bola yili”da oliy ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to‘g‘risida, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari, Milliy g‘oya targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishda oliy ta'lim muassasalari¬ning faol ishtiroknni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida, Oliy ta'lim muassasalarida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish vazifalari to‘g‘risida ma'ruzalar tinglandi.
 
Seminarning 2-kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilib, unda Tashqi ishlar vazirligidan I.Ne'matov, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Basitxanova, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi vakili hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari A.Ishmatovlar ma'ruza qildilar.   

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari A.Ishmatov o‘z ma'ruzasida Milliy kutubxona faoliyati, unda amalga oshirilgan ishlar, kutubxonaga a'zo bo‘layotgan foydalanuvchilar va tashrif buyuruvchilar sonining kundan kunga oshib borayotganligi, kutubxonaning ma'naviy-ma'rifiy sohadagi faoliyati hamda 2014 yilga ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasi va kutubxonada amalga oshirilayotgan yangi loyihalar haqida so‘z yuritdi.




 
Seminar so‘ngida qatnashchilarga axborot-kutubxona faoliyatiga oid plakatlar, kalendarlar, Infolib-2013 yakunlari bo‘yicha byulleten taqdim etildi. Oliy talim muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlarining kutubxonaga a'zo bo‘lishlari tashkil qilindi va kutubxona bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi.


 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar