Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O`zbekiston Milliy kutubxonasida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, kinorejissyor Latif Fayziyev tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab kitob-rasmli ko’rgazma tashkil qilindi - Bo`limga qaytish


02.01.2014
2 yanvar kuni “Ijod” o‘quv zalida taniqli kinorejissyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, Latif Fayziyev tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab kitob-rasmli ko’rgazma tashkil qilindi.
Iste'dodli kinorejissyor Latif Fayziyev 1929 yilda Toshkentda tug‘ilgan. O‘zbekistonga bag‘ishlangan kinojurnalning yigirmadan ortiq sonlarini suratga oldi va ushbu jurnalning «G‘afur G‘ulom», «Hamza teatri 35 yoshda» va «Qo‘riq cho‘l» kabi mavzudagi sonlari ssenariysi uning qalamiga mansubdir. 1952 yilda «Amudaryo bo‘ylab» nomli uch qismdan iborat jo‘g‘rofiy filmni, 1953 yilda rejissyor A. Ginzburg bilan hamkorlikda, o‘z ssenariysi asosida «Boy ila xizmatchi» filmini, 1954 yilda V. Basov bilan hamkorlikda birinchi o‘zbek rangli filmi «Amirlikning yemirilishi»ni suratga oldi.
Mehnatsevar, tinib tinchimas va g‘ayratli L. Fayziyev shu yo‘sinda «Qutlug‘ qon» (1956), «Ikkinchi bahor» (1959), «Sinchalak» (1961), «Ulug‘bek yulduzi» (1964), keng ekranli birinchi o‘zbek rangli filmi «Natashaxonim» (1965), «Vatan o‘g‘lonlari» (1968), «Albomning jonli sahifalari», «Jizzax qo‘zg‘oloni», o‘z ssenariysi asosida «Eski qo‘rg‘on afsonasi» («Temur Malik», 1970) kabi 20 dan ortiq badiiy filmlarni kino lentalariga tushirdi. 
O‘zbek kino san'atining ulkan arbobi Latif Fayziyevning ijodiy faoliyati 1964 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi» unvoni bilan munosib taqdirlandi.
Serqirra ijodkor Latif Fayziyev 1994 yilda Toshkent shahrida vafot etdi.
Ko’rgazmada kinorejissyor Latif Fayziyev haqidagi kitoblar va ma`lumotlar namoyish etildi. Kutubxona bo`ylab ekskursiyaga tashrif buyurganlar ham o`tkazilgan kitob ko`rgazmasidan o`zlariga kerakli ma`lumotlar olish bilan birga respublikamizda chop etilgan yangi adabiyotlar haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar. 


 

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar