Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
17.11.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ma’rifat va siyosiy o‘qish” darsi


2014 yil 17 noyabrda Toshkent shahar IIBB Yong‘in havsizligi boshqarmasi xodimlari ma’rifiy va ma’naviy bilim saviyalarini oshirish maqsadida navbatdagi “Ma’rifat va siyosiy o‘qish” darsini Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va simpoziumlar saroyida o‘tkazdilar.
IIBB YoHB xodimlariga kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi uyushtirildi. Kutubxonada mavjud katalog va kartotekalardan foydalanish tartibi, kerakli resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish xizmat bilan tanishgan xodimlar kutubxonaga tez-tez kelib turishliklarini izhor etishdi.

14.11.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Qosimjon So‘fiyevning «Frederik Shopen asarlari O‘zbekistonda» kitobi taqdimoti


2014 yil 14 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida Qosimjon So‘fiyevning «Frederik Shopen asarlari O‘zbekistonda” kitobi taqdimoti va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanuvchi Frederik Shopen asarlari chop etilgan nota kitoblari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

14.11.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “YOUTH BUSINESS GROUP” MChJ vakillarining “Yurt taraqqiyotida yosh tadbirkorlarning o‘rni” mavzusida yoshlar bilan uchrashuvi


2014 yil 13 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida “YOUTH BUSINESS GROUP” MChJ vakillarining “Yurt taraqqiyotida yosh tadbirkorlarning o‘rni” mavzusida yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir boshida so‘zga chiqqan “YOUTH BUSINESS GROUP” MChJ bosh direktori Boburbek Shokirov yoshlarni tashkilotni tuzishdan maqsadi, uning vazifalari, faoliyat turi, tarkibiy tuzilmalari va ularning boshliqlari bilan tanishtirdi. Bu tashkilot hozirgi kunda 41 nafar yuridik kollejda tahsil olgan va olayotgan yosh huquqshunoslarning shu yerda olagan bilimlari zamirida tashkil topgani qayd etildi.

13.11.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Stalik Xankishiyevning «Казан. Кулинарный самоучитель» nomli kitob taqdimoti


2014 yil 13 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Stalik Xankishiyevning «Казан. Кулинарный самоучитель» nomli kitob taqdimoti va rasmiy tuhfa etish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarov, oshpazlar uyushmasi a’zosi Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti professori Umid Axrorov, oshpazlar uyushmasi a’zosi Tolibjon Umaraliyev, o‘zbek pazandalik san’ati xalqaro markazi direktori Anvar Allaberganov, soha mutaxassislari va kollejlar o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

12.11.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining mutaxassislari maxsus o‘quv seminarlari o‘tkazdilar


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 martdagi PQ-1729-son, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 apreldagi 98-sonli qarorlari talablari asosida, 2014 yil 11-12 noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati va Axborot-kutubxona fondlarini restavratsiya va konservatsiya qilish xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazida Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari axborot-resurs, axborot-kutubxona markazlarining nodir fondlari bilan ishlovchi mutaxassislari va muzey xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminardan ko‘zlangan maqsad - fondda saqlanilayotgan noyob va alohida qimmatga ega nashrlarni to‘liq saqlash

11.11.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “International Business Studies” nodavlat o‘quv muassasasining “ASSA” Dasturi taqdimoti


2014 yil 11 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida “International Business Studies” nodavlat o‘quv muassaasining zamonaviy muhitda professional xisobchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan “ASSA” Dasturi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “International Business Studies” nodavlat o‘quv muassasasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-son “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” va 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-son “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlarida belgilab berilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan.


Oldin   65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar