Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


30.12.2013
23 - 27 dekabrgacha   Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 257 ta yangi nomdagi kitoblar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 26 nusxa; tibbiyot - 4 nusxa; ta'lim va madaniyat - 49 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 5 nusxa; texnika - 11 nusxa; san'at - 5 nusxa; tabiiy fanlar - 41 nusxa; ma'lumot adabiyotlari - 2 nusxa; ijtimoiy fanlar - 8 nusxa; adabiyotshunoslik - 104 nusxa). Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

Kelib tushgan bosma nashrlarning  5.463 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi. 

8.854 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi. 

Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 2.726 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va  bibliografik tavsifi berildi.     

Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni  482550 taga yetdi.
 
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 23 - 27 dekabr holatiga ko‘ra 59 nusxa gazeta; 8 nusxa jurnal; jami 343 bibliografik yozuv kiritildi; 575 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
 
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 28 ta ISBN raqami (kattalar uchun 25 ta va bolalar adabiyoti uchun 3 ta) berildi. 58 ta kattalar adabiyoti  va 3 bolalar adabiyoti uchun  18 ta  hisob-kitob shartnomasi tuzildi.  

Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 1 ISSN raqami berildi.  1 ta davriy nashrga 2013 yil uchun hisob-kitob shartnomasi tuzildi.

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar