Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2013 yil yakunlari bo‘yicha 25 dekabr soat 14:30 da “Eng faol foydalanuvchi” tanlovini o‘tkazdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 martdagi “Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi – axborot resurs markazi faoliyatini tasрkillashtirish choralari to`g`risida”gi PQ-1729-sonli qarori talablarini ijrosini ta`minlash borasida Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi 2013 yil davomida quyidagi natijalarga erishdi:
Bugungi kunda bosma fondning umumiy soni – 6 593 523 nusxani tashkil etadi. 2013 yilda Milliy kutubxonaning bosma fondi 75 252 nusxaga ko`paydi (2012 yilda - 32501).
Milliy kutubxona foydalanuvchilari soni- 68 920 nafarni tashkil etdi (2012 yil – 29 901, o`sish 2,3 marta), shundan 2013 yilda 39 019 nafar foydalanuvchi ro`yxatdan o`tkazildi. O`tgan davr mobaynida foydalanuvchilarning tashrifi-599 754 marotabani (2012 yil – 1 378 843, o`sish 3,2 marta) tashkil qildi.
Hisobot davrida Milliy kutubxona o`quv zallarida jami 186 dan ortiq ma`naviy-marifiy tadbirlar o`tkazildi.
2013 yil 25-27 sentabr kunlari Respublikamizda an`anaviy tarzda o`tkazib kelinayotgan Axborot texnologiyalari Milliy ko`rgazmasi ICT EXPO-2013 da Milliy kutubxona “Yoshlar tanlovi” nominatsiyasida g`olib deb e`lon qilindi.
2013 yilning 28 oktabridan 1 noyabriga qadar kutubxonada INFOLIB-2013 Ikkinchi Milliy axborot-kutubxona haftaligi o`tkazildi. Haftalik davomida 46 ta turli ommaviy tadbirlar o`tkazildi va 25 029 foydalanuvchi va mehmonlar ishtirok etdi.
“Eng faol foydalanuvchi” tanlovida, shuningdek, Milliy kutubxona faoliyati bilan bog‘liq savol-javoblar viktorinasi ham tashkil qilindi. Tanlov g‘oliblari kutubxona tomonidan MP-3 pleyer, futbolkalar va kitoblarni sovg‘a tariqasida qo‘lga kiritdilar.
An'anaviy tarzda har yili bo‘lib o‘tayotgan bunday tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, foydalanuvchilar o‘rtasida faollikni oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, axborot-kutubxona resurslaridan keng foydalanish, kutubxonada tashkil qilinayotgan tadbirlar ko‘lamini kengaytirish va albatta O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari sonini oshirishdan iborat.
“Eng faol foydalanuvchi” tanlov g‘oliblari quyidagilar deb topildi:
1.Tashriflar soni bo‘yicha g‘olib - 1317-Yuk - ID-karta raqami sohibasi Djalilova Shaxnoza
2.Kitob mutolaasi bo‘yicha g‘olib - 28850-Yu - ID-karta raqami sohibi Tojiboyev Fayzullo
3.Davriy nashrlar mutolaasi bo‘yicha g‘olib - 11358-2Yu - ID-karta raqami sohibi Muxamedjanov Amanulla
4.Dissertatsiyalar mutolaasi bo‘yicha g‘olib - 45706-3V - ID-karta raqami sohibi Karimov Husniddin
5.Tashabbuskorlik bo‘yicha g‘olib - 5657-Yuk - ID-karta raqami sohibi Alimov Jamoliddin
Shuningdek kutubxona faoliyati doirasida tashkil qilingan viktorinada g‘oliblar aniqlandi va kutubxona tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.