Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Qo‘lyozmalar va nodir nashrlar ma'lumotlar bazasi” taqdimoti bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


24.12.2013
2013 yil 24 dekabr kuni  Milliy kutubxonada  “Qo‘lyozmalar va nodir nashrlar ma'lumotlar bazasi” taqdimoti  bo‘lib  o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil  9 iyuldagi “Nodir, alohida qimmatli va noyob nashrlar saqlanishini ta'minlash, ularning fondini tizimli ko‘paytirish va boyitish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 202-sonli qarori bilan tasdiqlangan kopleks tadbirlarni bajarilishini ta'minlash maqsadida, bir qancha tadbirlar amalga oshirilib, idoralararo ishlab chiqilgan hujjatlar loyihalari dastlabki kelishuvdan o‘tkazildi. Shuningdek, mazkur qarorning 1-ilovasi, 5-bandiga  (“Manuskriptlarning, shuningdek Milliy kutubxonada saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy qimmatga ega bo‘lgan nodir  nashrlarning  bibliografik va to‘liq matnli bazasini shakllantirish hamda uni to‘ldirish”) muvofiq tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda dasturiy ta'minot yaratilib, birlamchi test sinovlaridan o‘tkazildi.

Mazkur dasturiy ta'minotni joriy qilinishi birinchi navbatda foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish jumladan, masofadan turib nodir, alohida qimmatli va noyob nashrlarning katalog tizimiga kirish hamda ushbu fondning 15% matniga kirish uchun sharoit yaratadi. Ushbu dasturiy ta'minotni samarali joriy qilinishi nafaqat axborot-kutubxona sohasidagi xizmat turlarini takomillashtirishga balki, foydalanuvchilar, mutaxassis olimlarga hamda talaba yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari  asosida fondlardan keng foydalanish imkonini yaratadi.   

Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi  Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar texnologiyalari Davlat qo‘mitasi, “O‘zarxiv” agentligi,  O‘zbekiston musulmonlari Idorasi,  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi,  Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining  axborot-kutubxona sohasi bo‘yicha mutaxasislari ishtirok etdilar. 


Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar