Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O`zbekiston Milliy kutubxonasida xalq yozuvchisi, shoir va dramaturg Turob To‘lanning 95 yilligiga bag‘ishlab adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi va bibliografik obzor tashkil qilindi - Bo`limga qaytish


24.12.2013
24 dekabr kuni “Taffakur” o‘quv zalida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, shoir va dramaturg Turob To‘lanning 95 yilligiga bag‘ishlab adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi va bibliografik obzor tashkil qilindi.

Yozuvchi, shoir va dramaturg Turob To`la 1918 yilning 24 dekabrida Qozoqiston Respublikasi Chimkent viloyatiga qarashli Turbat qishlog`ida, dehqon oilasida tug`ilib, bolalar uyida tarbiyalandi. 1935-1941yillarda Toshkent Pedagogika institutining kechki bo`limida tahsil oldi. So`ngra O`zbekiston Davlat nashriyotida muharrir, O`zbekiston radiosida bo`lim boshlig’i, "O`zbekfilm" kinostudiyasida adabiy bo`lim mudiri, Respublika kinochilar uyushmasida kotib, San'at ishlari boshqarmasida boshliq, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi adabiyot targ`iboti markazida rahbar va boshqa shu kabi mas'ul lavozimlarda faoliyat ko`rsatdi.

Asarlari: «She'rlar»(1939, birinchi she'rlar to'plami), "Shodligim" (1941), "Tabassum" (1944), "Baxt tongotari" (1948), "Muborakbod" (1949), «Bolalar dostoni» (1950), "Qanotlan, qo'shiqlarim" (1955), "Tanlangan asarlar" (1958), "Oromijon" (1961), "Gulyor" (1968), "Oftob nayzada" (1974) kabi she'r va dostonlar to'plamlari, "Nafosat" (1967), "Kamalak" (1972) adabiy portret va xotiralar kitobi, "Qizbuloq", "Nodirabegim", "Zulmatdan ziyo", "Malikayi аууоr" opera librettolari, "Samarqand afsonasi" baleti librettolari, "Науо bilan", "Sumbula", “Ko'chalar”, "Do'ppi tikdim", "Sartarosh qo'shig'i" kabi she'rlaridir. Pushkin, Nekrasov, Lermontov, Shevchenko, To'qay kabi buyuk shoirlarning asarlarini o'zbek tiliga o'girgan.
Shoir Turob To‘la 1990 yilda olamdan o‘tdi. 



Ko’rgazmada shoir va dramaturg Turob To‘la haqidagi kitoblar, yozuvchi haqida ma`lumotlar namoyish etildi. Kutubxona bo`ylab ekskursiyaga tashrif buyurgan maktab o`quvchilari ham o`tkazilgan kitob ko`rgazmasi hamda bibliografik obzordan o`zlariga kerakli ma`lumotlar olish bilan birga respublikamizda chop etilgan Turob To‘la adabiyotlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar. 



 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar