Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O`zbekiston Milliy kutubxonasining “Tafakkur” o`quv zalida “Sog`lom bola – yurt kelajagi” mavzuida 2014 yil “Sog`lom bola yili” munosabati bilan kitob ko`rgazmasi tashkil qilindi - Bo`limga qaytish


20.12.2013
Istiqlol davrida har bir kelayotgan yilimizni unga yangi ma'no va mazmun bag`ishlovchi nom bilan atash ajoyib an'anaga aylanib qoldi. Bu esa O`zbekiston Prezidentining mamlakat fuqarolari hamda jamiyat manfaatini ko`zlab, ularni ezgu rejalarga safarbar etish, pirovardida  moddiy va ma'naviy to`kislikka erishish yo`lidagi homiy jonkuyarligining yaqqol ifodasidir.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 21 yilligiga baqishlangan tantanali marosimda Islom Karimovning tashabbusi bilan yangi 2014 yil “Sog‘lom bola yili” deb e'lon qilindi. Prezidentimiz  “Sog‘lom bola yili” ning asosiy  maqsad va vazifalari haqida: “Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘lur, qudratli elning farzandlari sog‘lom bo‘lur”, biz tayanchimiz va suyanchimiz, g‘ururimiz va iftixorimiz bo‘lmish bolalarimizga, farzandlarimizga ishonch bilan, hurmat-e’tibor bilan qarashni kelajagimizga bo‘lgan ishonch, millatimizga, xalqimizga bo‘lgan hurmat-ehtirom ifodasi deb bilamiz”,- ta`kidladilar.
 O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Sog`lom bola – yurt kelajagi” mavzuida 2014 yil “Sog`lom bola yili” munosabati bilan kitob ko`rgazmasi tashkil qilindi. Ko`rgazmada O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 21 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimida Prezidentimiz so`zlagan nutqlari, ona va bolalarning salomatligi, bola tarbiyasi va dunyoqarashi, ma`naviyati masalalariga bag`ishlangan nashrlar joy oldi. Ko`rgazmaga tashrif buyurgan barcha kutubxona foydalanuvchilari o`zlariga kerakli bo`lgan ma`lumotlardan nusxalar hamda ularga zarur bo`lgan ma`lumotlarni olishga muyassar bo`ldilar.
 
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar