17.12.2013
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2013 yil yakunlari bo‘yicha 25 dekabr soat 14.30 da “Eng faol foydalanuvchi” aksiyasini o‘tkazadi. Tadbirda, shuningdek, Milliy kutubxona faoliyati bilan bog‘liq savol-javoblar tanlovi ham tashkil qilinadi. Tanlov g‘oliblariga kutubxona tomonidan sovg‘alar ham beriladi.
Barchangizni 25 dekabr kuni kutubxonaning birinchi qavati foyesida kutib qolamiz, sovg‘alar sohibiga aylanishingizda omad tilaymiz!
O‘zbekiston Milliy kutubonasi jamoasi Sizni kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklaydi!