Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
16.12.2013
9-13 dekabrgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 350 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 250 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: ijtimoiy va gumanitar fanlar - 88 nusxa; badiiy adabiyot - 65 nusxa; q.x. - 2 nusxa; texnika - 23 nusxa; san'at - 2 nusxa; ta'lim va madaniyat - 10 nusxa; tabiiy fanlar - 20 nusxa; sport - 1 nusxa, ma'lumot axborot adab.- 25 nusxa; tilshunoslik - 13 nusxa;) va 100 ta avtoreferatlarga (ijtimoiy va gumanitar fanlar - 36 nusxa; tibbiyot - 8 nusxa; q.x - 5 nusxa; texnika - 21 nusxa; san'at - 3 nusxa; ta'lim-madaniyat 10 nusxa; tabiiy fanlar - 12 nusxa; adabiyotshunoslik - 2 nusxa; tilshunoslik - 3 nusxa ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi (AIBS) dasturiga kiritilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 5233 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
8465 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
Shu kungacha 2624 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 477 950 taga yetdi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 9 - 13 dekabr holatiga ko‘ra 70 nusxa gazeta; 14 nusxa jurnal; jami 482 bibliografik yozuv kiritildi; 529 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 48 ta ISBN raqami (kattalar uchun 46 ta va bolalar adabiyoti uchun 2 ta) berildi. 171ta kattalar adabiyoti uchun 15 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 1 ta davriy nashrga raqam berildi.