Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Yilning eng faol yosh jurnalisti” respublika ko`rik-tanlovi sovrindorlarini taqdirlash marosimi o`tkazildi. - Bo`limga qaytish


13.12.2013
Joriy yilning 13 dekabr kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda O`zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida “Yilning eng faol yosh jurnalisti” respublika ko`rik-tanlovi sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.


Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini, bu boradagi islohotlar samarasini xalqimiz o`rtasida keng targ`ib qilish, yosh avlodni Vatanimiz, xalqimiz, milliy mintalitetimizga yot bo`lgan turli illatlarga qarshi kurashishda ularning faolligini oshirish, iqtidorli, ijodkor yosh jurnalistlarni rag`batlantirish hamda ularni o`z salohiyatlarini namoyon etishlariga ko`maklashishdan iborat.


 
Mazkur tanlov 30 yoshgacha bo`lgan jurnalistlar o`rtasida televideniye, radio, matbuot, foto va internet jurnalistika yo`nalishlarida 2minga yaqin ijodiy ishlari bilan 200dan ortiq yosh jurnalistlar  ishtirok etdilar.
Tanlov g`oliblari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yillik bayrami munosabati bilan tashkilotchilar tomonidan “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi fotoasar”, “Eng yaxshi teleko`rsatuv”, “Eng yaxshi radioeshittirish”, “Eng yaxshi internet maqola” hamda “Eng yaxshi fotoreportaj” nominasiyalari bo`yicha taqdirlandilar.



Tadbir yakunida sovrindorlarga tashkilotchilarning diplom va sovg`alari topshirilib, taqdirlash marosimi taniqli san`at ustalari ishtirokidagi konsert dasturi bilan yakunlandi. 





 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar