Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada taniqli kinorejissyor, O'zbekiston Respublikasi San'at arbobi Zulfiqor Musoqov bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi - Bo`limga qaytish


12.12.2013
12 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida  taniqli kinorejissyor, senarist, O'zbekiston Respublikasi San'at arbobi Zulfiqor Musoqov bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi. 
 
Uchrashuv o`tkazishdan asosiy maqsad yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning bilimini, manaviyatini oshirishga, teatr-kino olamining o`ziga xos qiyinchiligiyu mashaqqatlarini san`at ixlosmandlariga yetkazib berishdan iborat. 


Ijodiy uchrashuvda Zulfuqor Musoqov, Ra`no Shodiyeva, taniqli jurnalistlar, teleradiokompaniya muhbirlari, san`at ixlosmandlari va kutubxona a`zolari ishtorok etdilar.


 
Uchrashuv davomida yig`ilganlar rejissyor hamda aktyorlarning hayot va ijodlari, erishgan yutuqlari haqida ma`lumotlarga ega bo`lish bilan birga o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniga ega bo`ldilar. Shuningdek uchrashuvda rejissyor va aktyorlarning ijodiga tegishli filmlardan lavhalar hamda ularning qisqacha yaratilishi tarixi va muhokamasi bo`lib o`tdi.



Ma`lumot:
Asli ismi Jamol Musoqov; 1958-yil, 19-yanvarda tug'ilgan. 1981 yil Toshkent shahar teatr va san`at instituti, rejissyorlik fakultetini tamomlagan.1989  yil rejissyorlik va senariy muallifligi yuqori kursini tamomlagan.
 
Filmlari:
Sud kun, Qaldirgoch,  "Harbiy ertak", Abdullajon, "Bomba", "Yaratganga shukur",  "Kichkina tabib", "Ayol zoti" Teleseriali,  "Oyijon", "Osmondagi bolalar 1,2",  Kalish, "O'zimizning odam", "Vatan", "Suiqasd",  "Chapga qadam, o'nga qadam", Birinchi bo'sa, "Bechara odamlar", "Makler", "Yuz", "Bahtning narxini ayoldan so'ra"  va b.
 
Sovrinlari:
- 2003-yil "Mehnat shuhrati" ordeni.
- 2006-yil "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi".

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar