Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
29.11.2014 Milliy kutubxonada SVET-ART-STUDIYAsi konserti

2014 yil 29 noyabr kuni  O‘zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida SVET-ART-STUDIYAsi yetakchi artistlari va chexiyalik gitarachi-xonanda  Voytex Xledik ishtirokida bayram konserti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston, Chexiya va Slovakiyalarninng Mustaqillik kunlariga bag‘ishlangan «Mustaqillik va tinchlik nurlari ostida» deb nomlangan mazkur tadbirda o‘zbek, chex va slovak tillarida she'rlar va qo‘shiqlar yangradi.

28.11.2014 «Competizione dell’Opera» XIV xalqaro italyan operasi ijrochilari tanlovi matbuot anjumani O‘zbekiston Milliy kutubxonasida

2014 yil 28 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida «Competizione dell’Opera» XIV xalqaro italyan operasi ijrochilari tanlovi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

28.11.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yong'in xavfsizligi oyligi”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-noyabr kunidagi  309-K sonli qaroriga muvofiq mamlakatimizda har yili 20-noyabrdan 20-dekabrga qadar “Yong'in xavfsizligi oyligi” tadbiri o‘tkazilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad – aholi punktlari, ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarda yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini kuchaytirish, fuqarolarni yong‘in sabablari va uning asoratlaridan xabardor qilish.

27.11.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat Musiqiy teatrining 75 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘quv zalida Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat Musiqiy teatrining 75 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Qo‘rgazmadan o‘zbek teatr san’ati fidoiylari va ijodkorlari, teatr an’analari, drama janri va taniqli dramaturglar haqida hikoya qiluvchi kitoblar o‘rin olgan.

25.11.2014 Foydalanuvchilar diqqatiga!


2014 yil 28 noyabr kuni, O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tozalik va profilaktika kuni munosabati bilan foydalanuvchilarga soat 1300 gacha xizmat ko‘rsatilmaydi.
 

25.11.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi "Koreyaga yo‘l" loyihasi bo‘yicha Koreya haqidagi yangi adabiyotlar bilan to‘ldirildi


Janubiy Koreya bilan yurtimizni katta masofa ajratib tursa-da, xalqlarimizni qadimiy do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. El-yurtga sadoqat, ajdodlar merosi va qadriyatlarini qadrlash, mehr-oqibat, bag‘rikenglik, saxovat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehnatsevarlik kabi fazilatlar o‘zbek va koreys xalqlari uchun birdek xosdir.
Yillar mobaynida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar tobora mustahkamlanib, rivojlanib bormoqda. Koreyadan turli soha mutaxassislarining taklif qilinishi, qator jamg‘arma grantlarining ajratilishi, Koreya ta’lim markazida koreys tilining o‘qitilishi, nodavlat tashkilotlar tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tibbiyot va qishloq xo‘jalik mutaxassis kadrlarini tayyorlash kabi ko‘ngillilar faoliyati, madaniyat, sport aloqalari ham ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanishida turtki bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 170 mingdan ortiq koreys millati vakillari ikki davlat aloqalariga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.


Oldin   63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar