Milliy kutubxonada “Umidvorlik” nogiron bolalarga va ularning ota-onalariga yordam berish markazi hamkorligida ma`lumot-axborot uchrashuvining yakunlari bo`lib o`tdi -
Bo`limga qaytish
12.12.2013
2013 yil 12 dekabr kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Umidvorlik” nogiron bolalarga va ularning ota-onalariga yordam berish markazi hamkorligida “Hunarmandchilik ustaxonasi – imkoniyati cheklangan yoshlarni birlashtirishning shakli sifatida” mavzuiga bag`ishlangan ma’lumot-axborot uchrashuvining yakunlariga bag`ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Ta`kidlash joizki, mazkur markaz ijtimoiy notijorat tashkilot bo’lib, nogiron farzandlarini tarbiyalayotgan ota-onalar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Tadbirni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad mehnat va kasbiy mahoratni rivojlantirish orqali nogiron yosh avlodni ijtimoiylashtirishdan iborat.
Tadbirda 20 dan ziyod ijtimoiy soha mutaxassislari, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi vakillari, “Moxir qo`llar” loyihasi rahbarlari, nogiron o`smirlar, “Muruvvat” bolalar uyining tarbiyalanuvchilari va pedagoglari ishtirok etdilar.
