Foydali resurslar
5 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida Mezon.uz hamda Kultura.uz bilan hamkorlikda O’zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva bilan ijodiy uchrashuv bo’lib otdi. Uchrashuvda Xurshid Do’stmuhammad, Boris Babayev kabi taniqli jurnalistlar, xotin-qizlar qo`mitasi vakili Guljamol Asqarova, xonandaning ashaddiy muxlislari hamda kutubxona a`zolari ishtirok etdilar. Nasiba Abdullayeva jurnalist va muxlislarning savollariga shunday falsafiy, chuqur ma`noga ega to'liq javob berganligi bilan yig`ilganlar san`atkorning o`z kasbiga professional darajada qarashiga yana bir bora amin bo`ldilar. Muxlislar tomonidan berilgan savollardan biri e`tiqod nima deganda xonanda Nasiba Abdullayeva shunday javob beradi: “E`tiqod birinchi navbatda men uchun ishonch, ishonch bo`lsagina e`tiqod bo`ladi”. Yana bir muxlis tomonidan Nasiba Abdullayeva kitobga bo'lgan mehr, mutolaaga bo'lgan mehr haqida so'zlab berishni so'radi va u bolaligidanoq juda ko'p kitoblar mutolaa qilganligi va bu mehr uning akalaridan o'tganligi, kitob insonning dunyoqarashini kengaytirishini, fikrlashni rivojlantirishini, uning intellektual salohiyatini yuqori pog`onalarga ko`tarishini aytib o`tdi. Uchrashuv davomida O’zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva san'atda erishgan yutuqlari haqidagi ma'lumotlar bilan, o’zining ijodiy faoliyatidagi rejalari bilan o’rtoqlashdi. Yig’ilganlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish bilan birga jonli ijroda qo'shiq tinglashga muyassar bo'ldilar.






