O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Milliy kutubxonada faxriylar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. -
Bo`limga qaytish
05.12.2013
Mamlakatimiz Konstitutsiyasining bosh maqsadi inson huquqlari va davlat suvereniteti g’oyalariga sodiqlik, insonparvar demokratik, huquqiy davlat barpo etishdir. Bu ezgu maqsad mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, barcha jabhalarni demokratik yangilash, bosqichma-bosqich, izchil isloh qilish natijasida amalga oshirilmoqda. Istiqlolning dastlabki yillaridanoq xalqimizning yaratuvchilik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun keng huquqiy yo’llar ochildi. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, "Konstitutsiyamiz davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnomadir. Shu ma'noda asosiy qonunimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Chunki uni ishlab chiqish va muhokama etishda butun xalq ishtirok etdi. Bir so’z bilan aytganda, konstitutsiyamiz tom ma'noda xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsulidir".
O’zbekiston Milliy kutubxonasida 5 dekabr soat 14:00 da O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ko`p yillar davomida kutubxonada faoliyat ko’rsatib, kutubxona rivojida o’zining beminnat hissasini qo`shgan kutubxona faxriylari bilan uchrashuv kechasi bo’lib o’tdi. Uchrashuv kechasida konstitutsiyada belgilangan inson huquqlari, inson manfaatining hamma narsadan ustunligi, qomusimizda O’zbekiston fuqarosi bo’lgan barcha millat va elatlarning tili, urf-odatlari, milliy an`analarini hurmat qilish kafolatlanganligi, asosiy qonunda adolat, iymon, oliyjanoblik, fidoyillik, insonga gamxo’rlik, mardlik kabi ulug’ xislar aks ettirilganligi haqida suhbat bo’lib o’tdi. Shu bilan birga faxriylarga yuksak ehtirom ko`rsatib kutubxona tomonidan ularga sovg`alar berildi va minnatdorchilik bildirildi.
.jpg)