Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
03.12.2014 Milliy kutubxonada Qurolli kuchlar Akademiyasining tadbiri


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan 2014 yil 3 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasining muddatli harbiy xizmatchilari, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti kursantlari hamda Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi akademik litsey yoshlari bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

02.12.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” epopeyasi taqdimot marosimi


2014 yil 2 dekabr kuni Milliy kutubxona anjumanlar zalida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti laureati Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” epopeyasi taqdimotini hamda shu mavzuga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etdi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari Qahramon Quronboyev, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori, yu.f.d. professor Akmal Saidov, tilshunos olim, akademik Baxtiyor Nazarov, Amir Temur xalqaro hayriya jamg‘armasi rahbari o‘rinbosari To‘lqin Hayit, t.f.n. Temurshunos olim Omonulla Bo‘riyevlar, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, yozuvchi-shoirlar, aktyorlar, san’at sohasi vakillari, talaba yoshlar keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

02.12.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan o‘tgan foydalanuvchilar ko`rsatkichi


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 95284 ta foydalanuvchi o‘tgan
2014 yilning noyabr oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2344 shundan chet el fuqorosi 17 ta
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba-1148  
O‘quvchi-593 
Abituriyent-165   
Magistr-146  

01.12.2014 E'lon


Kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Kadrda qish» nomli foto tanlov o‘tkazilishini ma'lum qiladi.
Tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar 25 dekabrga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining elektron pochtasi photo@natlib.uz orqali o’z foto surat hamda o‘zlari haqidagi ma'lumotnomani taqdim etishlari so‘raladi.

01.12.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida dekabr oyida tashkil qilinadigan tadbirlar


2 dekabr kuni soat 11:00 da
majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligiga bag‘ishlangan, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” epopeyasi taqdimoti;
3 dekabr kuni soat 11:00 da kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Hayotimizning asosiy qomusi” mavzusida ilmiy-amaliy tadbir, “Tafakkur” zalida kitob-rasmli ko‘rgazma;
10 dekabr kuni “O‘zbekiston” zalida adabiyotshunos olim, faylasuf, publitsist Vohid Zohidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma;

01.12.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2014 yil noyabr oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari


Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar – 2344 (jami – 95284);
Qatnovlar – 60232;
Kitob berilishi – 403620;
Ekskursiyalar (tashkilotlar) – 51, qatnashganlar soni – 1612;
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar – 521, avtoreferatlar – 306, jurnallar – 495, gazetalar – 1732. Jami – 3054;
«Koreyaga yo‘l» loyixasi asosida jami 3051ta xujjat qabul qilinadi.


Oldin   62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar