Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
02.12.2013
25 - 29 noyabrgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 290 ta yangi nomdagi avtoreferatlar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 38 nusxa; tibbiyot - 39 nusxa; ta'lim va madaniyat - 27 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 9 nusxa; texnika - 78 nusxa; san'at - 12 nusxa; tabiiy fanlar - 22 nusxa; sport - 5 nusxa; yuridik fanlar - 14 nusxa; psixologiya - 8 nusxa; tilshunoslik - 11 nusxa; adabiyotshunoslik - 37 nusxa). Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarning 7.950 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
8.080 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 2.560 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 454500 taga yetdi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 25 - 29 noyabr holatiga ko‘ra 61 nusxa gazeta; 17 nusxa jurnal; jami 408 bibliografik yozuv kiritildi; 80 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 40 ta ISBN raqami (37 kattalar adabiyoti va 3 bolalar adabiyoti uchun) berildi. 36 ta kattalar adabiyoti va 3 ta bolalar adabiyoti uchun 17 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 1 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi.