Foydali resurslar
28 noyabr kuni Milliy kutubxonaning “Adolat” o’quv zalida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, kasaba uyushmalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar tashkilotlari birlashmalari kengashlari madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo’limi mudirlari ishtirok etib, “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatdagi o’rni va ahamiyati, ma'no-mazmuni va mohiyati” mavzusida ma'ruza tingladilar. Ma’ruza so’ngida ishtirokchilar mavzu bo’yicha qizg’in bahs-munozaraga kirishdilar va o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishga muvaffaq bo’ldilar.

Tashrif davomida mehmonlar Milliy kutubxona faoliyati, undagi xizmat turlari va yangi loyihalar hamda “Adolat” o’quv zalida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlab tashkil etilgan “Konstitutsiya - hayotimizning huquqiy poydevori” deb nomlangan kitob-rasmli ko’rgazma bilan ham tanishib chiqdilar.
