Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
10.12.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxronasida O‘zbekiston Davlat madhiyasi 22 yilligi munosabati bilan qo‘rgazma


O‘zbekiston Milliy kutubxronasi “Adolat” o‘quv zalida O‘zbekiston madhiyasi 22 yilligi munosabati bilan qo‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmadagi qitoblar va risolalar "O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingani, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi ekani va unga ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchi ekanini yana bir bor yodga soladi.

05.12.2014 “Tafakkur” o‘quv zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Tafakkur” o‘quv zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

05.12.2014 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish


2014 yil 3 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Milliy kutubxona direktori A.Xodjayev barcha ishchi va xodimlarni Konstitutsiyamizning 22 yilligi bilan tabrikladi va uning har bir fuqaro hayotida tutgan beqiyos o‘rni, mamlakatimiz osoishtaligi va ravnaqi, jamiyat farovonligi kafolati ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

04.12.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining fondi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining metodik qo‘llanmallari bilan to‘ldirildi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasining fondi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining axborot-tahliliy faoliyati kompleks dasturini tadbiq etish doirasida «Xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi siyosiy partiyalar guruhlari faoliyatini tashkil etish», «Siyosiy partiyalar boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini tashkillashtirish masalalari bo‘yicha», «Zamonaviy saylov texnologiyalari va ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari», «Siyosiy partiyalardagi tashkiliy ishlar va kadrlar bilan ishlash», «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari maxalliy Kengashiga saylov o‘tkazishni tashkil etish va saylovlarni o‘tkazish davrida partiyalarning saylov shtablari faoliyati masalalari bo‘yicha» nomli o‘zbek va rus tillaridagi metodik qo‘llanmalari bilan to‘ldirildi.

04.12.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati» mavzusida davra suhbati


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan 2014 yil 4 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

04.12.2014 Rakursda - Markaziy Osiyo tarixi


Milliy kutubxona kitob muzeyida navbatdagi Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga oid kitoblar ko‘rgazmasi boshlandi. Ushbu mavzudagi kitoblar namoyishi joriy yilning 1 dekabridan 31 dekabriga qadar davom etadi.
Ko‘rgazma tarix, etnografiya, geografiya va boshqa fanlar uchun muhim bo‘lgan, asosan XIX asrda nashr etilgan kitoblardan tashkil topgan. Muzeyga kitoblarni tanlashda ularning ilmiyligi, tarixiy hamda haqqoniyligiga e’tibor qaratildi.
Ko‘rgazmada Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan V.V. Bartold, A.F. Middendorf, N.Ya. Bichurin, Sh.E. de-Uyfalvi, A.K. D'Osson, E.D. Ross va boshqa taniqli olimlarning asarlari o‘rin olgan.


Oldin   61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar