Milliy kutubxonada “Yosh rassomlar ijodidan” deb nomlangan rasmlar ko‘rgazmasi o’z ishini boshladi -
Bo`limga qaytish
26.11.2013
25 noyabr kuni Milliy kutubxonada “Yosh rassomlar ijodidan” deb nomlangan rasmlar ko‘rgazmasi o’z ishini boshladi. Ko’rgazmada Toshkent shahar Shayhontohur tumani “Eski shahar” Bolalar va o’smirlar ijodiyot markazi “Sharq miniatyurasi” to’garagi a’zosi bo’lmish Hakimov Hayitboyning rasmlari namoyish qilinmoqda.

Hakimov Hayitboy Baxtiyor o’g’li 1999 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. Toshkent shahridagi 24 maktabning 9-sinf o’quvchisi. 2006 yildan buyon “Eski shahar” Bolalar va o’smirlar ijodiyot markazi “Sharq miniatyurasi” to’garagiga qatnashib miniatyura yo’nalishida ijod qilib kelmoqda. Yosh bo’lishiga qaramasdan Hakimov Hayitboy 2011 yilda Xitoydagi “Buyuk Ipak Yo’li” festivalida “Oltin sertifikat” bilan, 2012 yilda Belgiya festivalida “I darajali diplom” bilan taqdirlangan. 2013 yilda esa “Yangi avlod-2013” ko’rik-tanlovining shahar bosqichida faxrli 1-o’rinni egallagan.

Milliy kutubxonada o’tkazilayotgan ko’rgazmada yosh ijodkor o’zining “Bog’da”, “Darvesh”, “Tohir va Zuhra”, “Ov”, “Sevishganlar”, “Layli va Majnun”, “Karvon”, “Sozandalar”, “Eski shahar manzarasi” va boshqa asarlari bilan ishtirok etmoqda.
Marhamat barchangizni yosh rassomning ijodidan bahra olishga taklif etamiz.