Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
25.11.2013
18 - 22 noyabrgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 101 ta yangi nomdagi kitob qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 19 nusxa; tibbiyot - 3 nusxa; ta'lim va madaniyat - 5 nusxa, badiiy adabiyotlar - 31 nusxa; qishloq xo‘jaligi - 2 nusxa; texnika - 5 nusxa; san'at - 1 nusxa; tabiiy fanlar - 2 nusxa; sport - 1 nusxa; ma'lumot adab. - 4 nusxa; yuridik fanlar - 14 nusxa; psixologiya - 3 nusxa; tilshunoslik - 11 nusxa). Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarning 7.950 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
7154 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 2505 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 449600 taga yetdi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 18 - 22 noyabr holatiga ko‘ra 69 nusxa gazeta; 14 nusxa jurnal; jami 494 bibliografik yozuv kiritildi; 190 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 48 ta ISBN raqami (46 kattalar adabiyoti va 2 bolalar adabiyoti uchun) berildi. 46 ta kattalar adabiyoti va 3 ta bolalar adabiyoti uchun 12 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 2 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi.